Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Февраль
2022

Tojikiston: Xorug‘ aholisi shahardagi vaziyatni “tahlikali” demoqda

0
Tojikiston: Xorug‘ aholisi shahardagi vaziyatni “tahlikali” demoqda

Ozodlik radiosi tojik xizmatining Xorug‘dagi manbasi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati (TBMV) norasmiy liderlaridan biri Mamadbokir Mamadbokirov va unga yaqin olti kishiga huquq-tartibot idoralariga borish uchun bir hafta muhlat berilganini ma’lum qildi. Ular turli jinoyatlarda ayblanmoqda. Mamadbokirov va oltovlon esa biron huquqbuzarlikka qo‘l urishganini inkor etmoqda.

Mahalliy aholi aytishicha, harbiylar Xorug‘dagi Mamadbokirovning uyiga yaqin Dashti Bolo degan joyga o‘rnashmoqchi bo‘lishgan, lekin odamlar bunga yo‘l qo‘yishmagan. Xorug‘ turg‘unlaridan bir nechasi odamlar kechasi bilan Mamadbokirovning uyini qorovullab chiqqanini va ko‘chalarda navbatchilik qilishganini aytdi.

TBMV hukumati matbuot kotibi G‘olib Niyatbekov 6 - fevral kuni Ozodlik muxbiriga ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari vaziyatni noto‘g‘ri tasvirlashayotganini iddao qildi.

“Xoruqqa qo‘shimcha askarlar kelgani haqidagi gaplar yolg‘on. Odamlar kechasi bilan ko‘chalarda bo‘lgani yo‘q. Vaziyat tinch, aholi kundalik yumushlari bilan band. Chet elda yurgan ayrim kimsalar har xil uydirmalarni to‘qib chiqarib, el orasiga nifoq solyapti. Viloyatda xalq bilan hukumat ittifoqi ancha yaxshilangan”, deydi u.

Mamadbokir Mamadbokirovning o‘zi 6 - fevral kuni Ozodlik muxbiri qo‘ng‘iroq qilib, izoh so‘raganida “juda bandman, hozir gaplasholmayman”, deb javob berdi.

Mamadbokirovning ismi sir qolishini xohlagan yaqinlaridan biri 5 - fevral kuni xalifalar (Xorug‘ dahalarining ulamolari) Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda bilan uchrashib, muammoni kuch bilan hal qilishga urinish vaziyatni battar chuqurlashtirishini aytishganini ma’lum qildi.

Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi vakili Marius Fossum “Twitter” orqali tojik hukumatiga murojaat qilib, Xorug‘da zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirdi.

“Xorug‘dan noxush xabarlar kelyapti. Tojikiston hukumati pishib etilayotgan xunrezlik va to‘qnashuvlarning oldini olishi lozim”, deb yozdi Fossum.

2022 - yilning fevral oyi boshlarida Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati prokuraturasi Mamadbokirovga nisbatan Jinoyat kodeksining biryo‘la to‘rt moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Jinoyat ishi TBMV ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Navro‘zov Mamadbokirov uni shafqatsizlarcha kaltaklagani haqida videomurojaat e’lon qilishi ortidan ochilgan.

Mamadbokirovning o‘zi Navro‘zov bilan “otalarcha gaplashib olgan”ini, lekin uni urmaganini aytmoqda.

Huquq-tartibot idoralari shaxsan kelishni talab qilayotgan olti kishi esa o‘tgan yilning 25-28 - noyabr kunlari jinoyatlar sodir etishda ayblanyapti.

2021 - yil 25 - noyabrda Xorug‘ aholisi Rushtqal’a tumani turg‘uni Gulbiddin Ziyobekov kuchishlatar idoralarning maxsus amaliyoti chog‘ida o‘ldirilishi ortidan norozilik aksiyalariga chiqqan edi. Minglab odam TBMV hukumati binosi oldida to‘planib, Ziyobekovning o‘limida aybdorlarni topish va jazolashni talab qildi.

Norozilik aksiyalari, 28 - noyabr oqshomida viloyat rahbariyati mitingchilar bilan uchrashib, Ziyobekovning o‘limi sinchkovlik bilan tergov qilinishiga va’da berganidan so‘ng tugatildi.

Norozilar ma’muriyatdan shahardan harbiy blok-postlarni olib tashlash va viloyatda internetni tiklashni ham talab qilishgan edi.

Biroq fuqarolik jamiyatining internet yo‘qligi va Ziyobekov o‘limi bo‘yicha tergov qanday shaklda olib borilayotganiga qarshi norozilik chiqishlari hanuz davom etmoqda.





Губернаторы России
Москва

Собянин прибыл в Китай с рабочим визитом





Москва

За прошедшую неделю подмосковные росгвардейцы обеспечили безопасность более 200 мероприятий


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин прибыл в Китай с рабочим визитом



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Сергей Арутюнов

Триумфальное возвращение Льва Лещенко на сцену спустя месяцы затишья. Артист презентовал дуэт с солистом группы “Парк Горького” Сергеем АРУТЮНОВЫМ




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Резидент «Инсайт Люди» Дмитрий Зубов установил мировой рекорд по чеканке мяча

Военно-спортивный фестиваль Росгвардии в «Лужниках» собрал более 20 000 москвичей и гостей столицы

В Лужниках состоялась церемония открытия Всероссийской Спартакиады Специальной Олимпиады


Уимблдон

Экс-теннисист Ольховский: россияне могут хорошо выступить на Уимблдоне



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Под Симферополем сгорел дотла пассажирский автобус



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России