Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Февраль
2022

"Pinakka ketgan" Tashqi ishlar vazirligi - Uznet Lukashenkoning navbatdagi bayonoti haqida

0

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Kremlning yalovbardor propagandachisi deb ta’riflanadigan Vladimir Solovyov bilan suhbatda MDH davlatlari, jumladan, O‘zbekiston suverenitetini savol ostida qoldiruvchi ittifoq tuzilishidan bahs etdi.

Ushbu faraz-tusmolga ko‘ra, Rossiya va Belarus ishtirokidagi Ittifoqqa 15 yil ichida Qozog‘iston, Ukraina, Armaniston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston ham qo‘shiladi, yagona armiya tuzilib, umumiy pul birligi joriy etiladi.

G‘arb allaqachon davlat rahbari o‘laroq tan olmay qo‘ygan Lukashenkoning bahsli-nizoli bayonoti ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida yana bir dolg‘ani keltirib chiqardi.

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ikki suhbatdoshni "mahalla boshida o‘tirvolib, o‘tgan-ketganni muhokama qilib o‘tiradigan laqma kampirlar"ga o‘xshatdi.

"Aha, yoqmay qolsin. Gap yangi SSSR haqida ketmoqda! Bu – Rossiyaning azaliy orzusi-ku! Rossiya va Belarus shaxsiy junni aralashtirib yubormayaptimi, mabodo?” – deya kinoya qiladi X.Xudoyberdiyev.

Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov Kreml Lukashenko vositasida “mustaqillikni esdan chiqar, geosiyosatda baribir bizning izmimizda bo‘lasan” degan mujdani yo‘llamoqda, deb hisoblaydi.

“Lukashenkoning bayonotidan bilish mumkinki, Kremlda sobiq Ittifoqni yangi formatda qayta tuzish borasida yaxshi o‘ylangan loyihalar mavjud. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi – iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti emasligi, geosiyosiy nazorat va boshqalarga geosiyosiy qarshi turish loyihasi ekani oldindan ma’lum edi. Lekin Lukashenkoning oxirgi bayonotlari rasmiy Toshkentga o‘ta jiddiy signal bo‘lishi kerak. Illyuziyalarga, o‘zini yupatishga mutlaq o‘rin qolmadi”, – deydi K.Rabbimov.

“Betakalluf fikrlari bilan atayin arining iniga cho‘p suqib ko‘rayotgan” Lukashenkoni aksar bloger va foydalanuvchilar prezident emas, shunchaki Belarus fuqarosi deb atashni ma’qul ko‘rayotir.

“Belarus fuqarosi Lukashenko yana provokatsiya qilishni boshlabdi. O‘zi umuman olganda, uni Belorussiya nomidan gapirishga ham, ish olib berishga ham haqqi yo‘q. Xalqi ham, xalqaro hamjamiyat ham deyarli tan olmagan. Kamiga, o‘zining tutruqsiz gaplari bilan oz sonli hamkorlarini yo‘qotmoqda”, – deb yozadi bloger Mufasa.

Jamoatchilik O‘zbekiston suverenitetiga tahdid soluvchi bayonotlar javobsiz qolayotgani sabab “pinakka ketgan” Tashqi ishlar vazirligini uyg‘onishga chorlamoqda.

“Doimgidek sukut saqlaymiz. “Norozilik notasi” degan tushuncha lug‘atimizda yo‘q”, – deydi foydalanuvchilardan biri. “Soqovlar qachon tilga kiradi?!” – deya fig‘oni falakka chiqadi boshqa biri.

“Qachongacha “batka” mustaqilligimizni tahqirlovchi, kamsituvchi, bizning davlatchiligimizga tahdid bo‘lgan bu kabi so‘zlarini aytaveradi va biz jim o‘tiraveramiz? Tashqi ishlar vazirligi, alyoyoyo?! Nimadir qilasizlarmi yo bo‘ynimizni egib, sukut alomati rizo deb o‘tiraveramizmi? ...Ishonch kerak ertamizga, mustaqilligimiz bardavomligiga. Beringlar shu ishonchni, munosib diplomatik javob qaytaringlar bu odamga!” – deb yozadi  bloger va Adliya vazirining maslahatchisi Shahnoza Soatova.

Tahlilchi Bahodir G‘aniyev aksar ziyolilardan boshqacharoq fikrda. Unga ko‘ra, ichki muammolar va G‘arb bosimi bilan andarmon bo‘lib qolgan Rossiya yaqin 10 yilda O‘zbekistonga daxl qila olmaydi; agar O‘zbekistonni o‘z tarkibiga qo‘shmoqchi bo‘lsa, “hazm” qilolmay bo‘kib qolishi, o‘zi ham parchalanib ketishi mumkin. Shunga ko‘ra u rasmiy Toshkentga Kreml bilan “lo‘lining eshagini sug‘orib, pulini ol” qabilida siyosat yuritishni tavsiya etadi.

“Ruslar bilan siyosatda shaxmat o‘ynashga majbur bo‘lsak-da (iqtisodiy jihatdan, ming afsus, ularga bog‘liq joylarimiz ko‘p), mot qilishlariga qo‘ymasligimiz kerak... Tegishli xulosa qilgan, ogoh holda, o‘ylaymanki, o‘z manfaatimiz bor yo‘nalishda ruslar bilan hamkorlikni kuchaytirib boraverish kerak. Rossiya bu – egallashimiz kerak bo‘lgan bozor”, – deydi B.G‘aniyev.

Aksar foydalanuvchilar Lukashenkoni surbetlarcha tahdidda ayblab, suveren mamlakat xususida “valaqlash”ni bas qilishga chaqirgan.

Lukashenko Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining 10 - yanvar kungi anjumanida Qozog‘istondagi g‘alayonlardan “eng avvalo O‘zbekiston saboq chiqarishi kerak”ligini uqtirgan edi.  Oradan uch kun o‘tib, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev hamkasbining ogohlantirishini “asossiz” deb atagan.





Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал о волонтерском движении Москвы





Москва

Парадоксы двойного стандарта


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин рассказал о волонтерском движении Москвы



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Желдорреммаш

Руководители подразделений электромашинного дивизиона Желдорреммаш прошли обучение в рамках развития производственной системы TOS




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Турнир по рукопашному бою в Солнечногорске собрал 250 спортсменов

Московские школьники завоевали медали на Азиатской физической олимпиаде

"Евро-Футбол.Ру": "Спартак" летом купит форварда только в случае ухода Соболева


Ролан Гаррос

Свёнтек сравнялась с Шараповой по победам на турнирах Большого шлема



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Соцфонд выдал проактивно 3,2 млн сертификатов на материнский капитал



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России