Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Февраль
2022

Pekinda Olimpiya mash’alasini uyg‘ur sportchisi yoqdi. Bu nimani anglatadi?

0
Pekinda Olimpiya mash’alasini uyg‘ur sportchisi yoqdi. Bu nimani anglatadi?

Etnik uyg‘ur Diniger Yilamutszyan Pekindagi Olimpiya o‘yinlarida sovrinli o‘rinni egallay olmadi. Ayollar o‘rtasidagi 30 kilometrli skiatlon musobaqasida u marraga qirq uchinchi bo‘lib yetib keldi. Shunga qaramay Diniger O‘yinlardagi eng ko‘p tilga tushgan sportchilardan biri bo‘lib turibdi, chunki Xitoy unga Olimpiya mash’alasini yoqish imkonini berdi. Xalqaro tashkilotlar va huquqbonlar Dinigerning qishki Olimpiada ochilish marosimida ishtirok etishini “Xitoyning g‘arazli xatti-harakati” deb atashmoqda.

Pekindagi Olimpiya o‘yinlari Xitoyning Shinjon viloyatida musulmon diniga e’tiqod qiluvchi etnik ozchil xalqlar kamsitilayotgani haqidagi bayonotlar va Xitoy hukumati mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat tufayli G‘arb tarafidan tobora keskinroq tanqid qilinayotgani manzarasida o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Kanada, Estoniya, Yaponiya va Avstraliya qishki Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilib, Pekinga rasmiy delegatsiya yo‘llashdan bosh tortgan edi.

4 - fevral kuni o‘yinlarning ochilishiga bag‘ishlangan marosimda Olimpiada mash’alasini yoqishdek sharafli vazifa uyg‘ur sportchi qizi Diniger Yilamutszyan hamda xan millatiga mansub chang‘ichi Chjao Szyavenyuga topshirildi. Odatda Olimpiya mash’alasini dunyo taniydigan sportchilar, chempionlar va mashhurlar yoqishadi. Xitoy esa bu missiyani Olimpiya o‘yinlarida ilk bor ishtirok etayotgan uyg‘ur chang‘ichisiga topshirdi.

Shinjon yerli musulmon aholisining huquqlari uchun kurashayotgan Jahon uyg‘ur kongressi Xitoy ma’murlari 20 yoshli Diniger Yilamutszyanni tanlagani “siyosiy propaganda” ekanligini aytdi.

“Xitoy Olimpiya o‘yinlarini siyosiylashtirmoqda, biz bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini ogohlantirgan edik. Ammo bu tashkilot bizga quloq tutishni istamayapti. Uyg‘urlarga qarshi genotsid davom etayotgan paytda uyg‘ur sportchisidan bu yo‘sin foydalanish o‘taketgan andishasizlikdir. Xitoy hukumati bu bilan mujda beryapti: siz bizning qo‘limizdasiz, sizni istagan ko‘yimizga solamiz va buning uchun hech qachon javobgar bo‘lmaymiz”, demoqchi”, deydi Jahon uyg‘ur kongressi vakili Zumretay Arkin Guardian nashriga bergan izohida.

Hongkong universiteti professori Syuy Guotsi Wall Street Journal nashri bilan muloqotida Xitoy hukumati “ongli ravishda” uyg‘ur sportchisini mash’albardor qilib tanlaganini aytadi.

“Uyg‘ur sportchisini tanlash bilan Xitoy dunyoga “Sizlarning barcha gaplaringiz yolg‘on”, demoqchi bo‘lyapti”, deydi u.

Uyg‘urlarni majburan ishlatishga barham berish koalitsiyasi a’zosi Bennet Friman Xitoy rasmiylarining ochilish marosimidagi xatti-harakatini “surbetlarcha masxaralash” deb atadi.

Saymon Frezer universiteti (Kanada) xalqaro tadqiqotlar kafedrasi dotsenti Darren Beyler Associated Press agentligiga bergan izohida “bu juda puxta o‘ylangan tanlov” bo‘lganini aytdi.

“Biz buni Xitoyning “Shinjonda qilayotgan ishlarimizdan voz kechmaymiz, dunyo bu haqda nima deb o‘ylasa o‘ylayversin” degan mazmundagi bayonoti o‘laroq qabul qilishimiz mumkin”, deydi ekspert.

5 - fevral kuni Pekindagi brifingda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining rasmiy vakili Mark Adams uyg‘ur sportchisi haqidagi savolga javob berarkan, “mash’albardorni tanlashda uning etnik mansubiyatiga ahamiyat berilmasligi”ni aytdi.

“U Olimpiadada ishtirok etayotgan sportchi. Va u etnik kelib chiqishidan qat’i nazar Olimpiya o‘yinlarida va ochilish marosimida qatnashishga tamoman haqli”, dedi XOQ vakili.

Xitoy o‘z xatti-harakatini himoya qilishga urinmoqda

Xalqaro tashkilotlarning tanqidlari manzarasida Xitoyning turli mamlakatlardagi elchilari, rasmiylari va hukumatparast OAVlari mash’alani yoqish imkoniyati uyg‘ur sportchisiga berilgani uchun Pekinni zo‘r berib maqtashmoqda.

Chunonchi, Xitoyning Tanzaniyadagi bosh konsuli Chjan Chjishen “Twitter”dagi sahifasida Diniger Yilamutszyanning oilasi marosimni qattiq hayajon bilan tomosha qilayotgani aks etgan videoni yoyinladi.

 

Xitoyning Kubadagi elchisi Amb Ma Xuey esa “Twitter”da Diniger Yilamutszyanning onasi qiziga omad tilayotgani haqidagi videoni e’lon qildi. Rolikda sportchining onasi “Oilang, mamlakating sen bilan faxrlanadi”, deydi.

Xitoy Kommunistik partiyasining Global Times gazetasi Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimiga bag‘ishlangan maqolada uyg‘ur sportchisi haqida yozgan G‘arb va AQSh ommaviy axborot vositalarini “sayoz fikrlash”da ayblab chiqdi.

“Olimpiada mash’alasini yoqish – sportchilarning bir umrlik orzusidir. Ayrim Amerika OAVlari mantig‘iga ko‘ra “Xitoy sportchi qizning bir umrlik orzusini ro‘yobga chiqarishga majburlagan” bo‘lib chiqyapti. Bundan-da tuturuqsiz mantiq bo‘ladimi?” deb yozgan Kompartiya nashri.

4 - fevral – Pekin Olimpiadasi ochilgan kun dunyoning qator shaharlarida o‘yinlarga qarshi chiqishlar o‘tkazildi. Turkiyaning Istanbulida, Kanadaning Torontosida va Chexiya poytaxti Pragada norozilik aksiyalariga chiqqan odamlar O‘yinlarni “Genotsid olimpiadasi” deb atab, musobaqalarni boykot qilishga, tomoshabinlarni esa o‘yinlarni ko‘rmaslikka chaqirishdi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy million nafarga yaqin uyg‘ur, qozoq va boshqa musulmonlarni Shinjondagi siyosiy jamloqlarga qamagan. Xalqaro tadqiqotchilar Xitoy Shinjondagi musulmonlarni majburiy mehnatga jalb etayotganini va ularning tug‘ilishini nazorat qilayotganini aniqlashgan. Xitoy hukumati o‘zining Shinjondagi siyosatini “terrorizmga qarshi kurash”, jamloqlarni esa “kasb-hunar o‘rgatish markazlari” deya iddao qilib keladi.

Pekin BMT ekspertlari va huquq himoyachilarini Shinjonga kiritmayapti. 6 - fevral kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng e’lon qilingan bayonotda BMT bosh kotibi Xitoy hukumati BMT oliy komissarining Xitoyga, jumladan Shinjonga kelishiga ruxsat berishidan umidvorligini bildirdi.





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин. Главное за день





Москва

Солнечные дети на сцене Кремля


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин одобрил три проекта по программе создания мест приложения труда



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Елена Волкова

Студенты Академии Игоря Крутого раскрыли свои таланты




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Генпрокуратура потребовала передать государству велотрек с Олимпиады-80

Дмитрий Вязьмикин – тренер по индивидуальной подготовке молодежного футбола «Локо»

«23 and Friends»: в Москве состоялся спортивно-музыкальный фестиваль Аш 23


Даниил Медведев

Российские ракетки сообразили на троих // Даниил Медведев, Мирра Андреева и Элина Аванесян дружно вышли в 1/8 финала теннисного Roland Garros



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России