Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Февраль
2022

Bayden va Putinning bayonotlari Ukraina masalasi yanada chuqurlashishiga ishora qilmoqda

0
Bayden va Putinning bayonotlari Ukraina masalasi yanada chuqurlashishiga ishora qilmoqda

Seshanba  kuni Ukraina bo‘yicha Sharq va G‘arb qarama-qarshiligi keskin avj oldi. Rossiyalik  qonunchilar Vladimir Putinga o‘z mamlakatidan tashqarida harbiy kuch ishlatishga ruxsat berdi. Jo Bayden va Yevropa yetakchilari bunga javoban Rossiya oligarxlari va banklariga qarshi qator sanksiyalar kiritdi.

“Associated Press” maqolasida keltirilishicha, ikkala yetakchining ham so‘zlari oldinda bundan ham katta qarama-qarshilik bo‘lishi mumkinligiga ishora qiladi. Putin hali Ukrainaning uch tomonida to‘plangan 150 000 harbiyni ortga siljitgani yo‘q, Bayden esa Rossiya uchun iqtisodiy notinchliklar olib kelishi mumkin bo‘lgan yanada qattiqroq sanksiyalardan o‘zini tiyib turibdi. Ammo bosqin bo‘lsa, kuchaytirilgan iqtisodiy zarbalar ham davom etishini istisno qilmayapti.

Bu javob choralari NATOning Rossiya bilan chegaradosh sharqiy qanotidagi Boltiqbo‘yi davlatlariga qo‘shimcha AQSh qo‘shinlarini joylashtirish bilan birga amalga oshirilmoqda.

Bayden Kreml xalqaro qonunlarni qo‘pol ravishda buzganini aytib, buni “Rossiyaning Ukrainaga bosqinining boshlanishi” deb atadi. U Putin agressiyada davom etsa, yana sanksiyalar bo‘lishidan ogohlantirdi.

"Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun birlashamiz. Rossiya agressiyasiga qarshimiz” deya undan iqtibos keltiradi “Associated Press”.

Rossiyaning bosqinchilik uchun bahonalariga to‘xtalar ekan, Bayden shunday dedi: "Hech birimiz aldanmasligimiz kerak. Hech birimiz aldanib qolmaymiz. Hech qanday sabab yo‘q”.

AQShning masalaga diplomatik yechim topishga umidlari barbod bo‘ldi. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken rossiyalik hamkasbi bilan payshanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni bekor qildi. U Rossiyaning harakatlari inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish borasida jiddiy emasligini ko‘rsatayotganini aytdi.

G‘arb davlatlari va Yevropa Ittifoqining yigirmadan ortiq a’zolari bir ovozdan Rossiya rasmiylariga qarshi dastlabki sanksiyalarni ma’qulladi. Germaniya “Shimoliy oqim 2” gaz quvurini sertifikatlash jarayonini to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu Moskva uzoq vaqtdan beri harakat qilib kelayotgan Kreml uchun manfaatli loyiha edi.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyani G‘arb moliyasidan uzib qo‘ydi. Rossiyaning ikkita banki va qator shaxslarga sanksiya kiritdi. Yuqoridagi banklarning Amerika va Yevropa bozorlaridagi faoliyati cheklanib, AQShdagi aktivlari muzlatilgan.

Biroq Bayden hozircha Rossiyaga sanoat va harbiy sohalar uchun yuqori texnologiyalar eksportini taqiqlash va Rossiyaning butun dunyo bilan savdosiga putur yetkazadigan keng qamrovli taqiqlar qo‘yishdan o‘zini tiyib turibdi.

AQSh Boltiqbo‘yidagi qo‘shinlarini u faqat “mudofaa” maqsadida deb atadi va Rossiyaga qarshi jang qilish niyatida emasligini bildirdi. NATOning sharqiy qanotiga AQShdan 800 ga yaqin piyoda askarlar va 40 ta hujumkor samolyotlar yuborilmoqda. Shuningdek, F-35 qiruvchi samolyotlari va AH-64 Apache hujum vertolyotlari ham joylashtiriladi.

Seshanba kuni Rossiya yuqori palatasi a’zolari bir ovozdan Putinga mamlakat tashqarisida harbiy kuch ishlatishga ruxsat berganidan so‘ng, Putin butun qit’ada energiya tanqisligi va global iqtisodiy betartiblikni keltirib chiqaradigan inqirozni tugatish uchun uchta shart qo‘ydi.

Putinga ko‘ra, inqiroz hal bo‘lishi uchun Kiyev Rossiyaning Qrim ustidan suverenitetini tan olishi; NATOga qo‘shilish tashabbusidan voz kechishi va qisman demilitarizatsiya qilishi kerak.

Ukrainaga rus harbiylari yuborgani yoki yo‘qligi haqidagi savolga Putin shunday javob berdi: “Men qo‘shinlar hozir u yerga yuboriladi demadim”. Uning qo‘shimcha qilishicha, "voqealar rivojini oldindan bashorat qilishning iloji yo‘q. Bu  mintaqada shakllanayotgan vaziyatga bog‘liq bo‘ladi".

Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi ikki bo‘lginchi mintaqani tan olish uchun ovoz bergan 351 nafar rossiyalik deputatga, mudofaa va bank sektoridagi 27 nafar Rossiya rasmiylariga qarshi dastlabki sanksiyalarni e’lon qildi. Shuningdek, Moskvaning Yevropa Ittifoqi kapitali va moliyaviy bozorlariga kirishini cheklash maqsad qilingan.

AQSh Milliy  xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Jon Finer "Bizning fikrimizcha, bu Rossiyaning Ukrainaga bosqinining boshlanishi", dedi.

Rossiyaning harakatlari butun dunyo bo‘ylab qoralandi. Vashingtonda Kongress AQShni Ukrainani qo‘llashni davom ettirishga chaqirgan. Senatorlar sanksiyalar paketini ko‘rib chiqdi, biroq Oq uy shoshmayapti.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzishi mumkinligi haqida gapirdi va Kiyev Moskvadagi elchisini chaqirtirib oldi.

NATO rahbari Yens Stoltenbergning ta’kidlashicha, agar Putin Ukrainaga bostirib kirsa, G‘arb ham bunga hamohang tarzda harakat qiladi. U "Agar Rossiya yana Ukrainaga qarshi kuch ishlatishga qaror qilsa, sanksiyalar yanada og‘irroq bo‘ladi va anchagina qimmatga tushadi", deya ogohlantirdi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiyaning beshta banki va uchta badavlat shaxsiga nisbatan sanksiyalar kiritishini aytdi. U ham "yanada qattiqroq sanktsiyalar" haqida ogohlantirdi.

Zelenskiy xalqqa qilgan murojaatida zahiradagi harbiy xizmatchilar chaqirilayotganiga to‘xtaldi va buni harbiy harakatlar paytida ma’lum vaqtga tuziladigan tezkor rezerv ekanligini aytdi.

“Hozir to‘liq safarbarlikka ehtiyoj yo‘q. Biz Ukraina armiyasi va harbiy tuzilmalarni tezda qo‘shimcha to‘ldirishimiz kerak”, dedi u.





Губернаторы России
Москва

Москва-Пекин. Собянин в Китае подписал соглашение о сотрудничестве





Москва

Московский аэропорт Домодедово и Всероссийское общество инвалидов заключили соглашение о сотрудничестве


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин: Активно укрепляем отношения с Китаем



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Филипп Киркоров

Филипп Киркоров, Shaman, Сергей Жуков, Катя IOWA показали награды и наряды в студии "Авторадио"




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Военно-спортивный фестиваль Росгвардии в «Лужниках» собрал более 20 000 москвичей и гостей столицы

Красногорск первым встретил участников международного супермарафона Москва-Минск

Резидент «Инсайт Люди» Дмитрий Зубов установил мировой рекорд по чеканке мяча


ATP

«Ну и где здесь «группа смерти?» ATP показала, каким был бы Евро-2024 с теннисистами



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

За прошедшую неделю подмосковные росгвардейцы обеспечили безопасность более 200 мероприятий



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России