Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Март
2022

"Yangi reallik". Rossiya Ukrainaga urushi sabab tobora yakkalanib qolmoqda

0

Rossiya shu haftaning o‘zida bir yo‘la bir qancha sohalarda dunyodan uzilib qoldi. Uning xalqaro miqyosdagi moliyaviy operatsiyalari cheklandi. Qolaversa, yirik xalqaro sport turnirlaridagi ishtirokiham cheklanib bormoqda. Rossiya samolyotlari uchun Yevropa osmonini yopdi. Rus alkogol mahsulotlari ham endi AQSh va bir nechta davlatlarga kiritilmaydi. Hatto betaraf Shveysariya ham ehtiyotkorlik bilan Vladimir Putindan yuz o‘girdi.

Dunyo bo‘ylab 11 000 dan ortiq banklar va boshqa muassasalar orasida milliardlab dollarlik tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi SWIFT xalqaro moliya tizimi hafta oxirida Rossiyaning asosiy banklarini tarmoqdan uzib qo‘ydi. Associated Press agentligiga ko‘ra, bu Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy zarba bo‘ladi.

Dushanba kuni Rossiya jamoalari barcha xalqaro futbol musobaqalaridan, jumladan, 2022 yilgi jahon chempionati saralash o‘yinlaridan chetlashtirilgani e’lon qilindi. Xalqaro xokkey federatsiyasi va Milliy xokkey ligasi ham Rossiyaga qarshi o‘z choralari haqida ma’lum qildi.

Germaniya favqulodda burilish qilib, Ikkinchi jahon urushidan keyingi tashqi siyosatidan chetga chiqqan holda, Ukrainaga qurol-yarog‘ yuborishini aytdi. Olaf Shols buni "yangi reallik" deb atadi. Finlyandiya va Shvetsiya, mojaroga aralashishga shoshilmayotgan, biroq Rossiyaga potensial raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan pozitsiyada. Xavfsiz banklar davlati Shveysariya "Rossiyaga nisbatan qattiqroq pozitsiyani egalladi", dedi yakshanba kuni Shveysariyaning iqtisodiy masalalar bo‘yicha rasmiysi Gi Parmelin.

AQShning bir nechta shtatlari - Pensilvaniya, Shimoliy Karolina, Vermont, G‘arbiy Virjiniya va Meyn spirtli ichimliklarni sotish joylaridan rus alkogol mahsulotlarini olib tashlandi. Pensilvaniya va yana ba’zi shtatlar Rossiyaga tegishli xoldinglardan voz kechish bo‘yicha harakatlarni boshladi.

"Rossiya xalqaro huquq va gumanitar hamkorlikni qo‘pol ravishda buzgani og‘ir oqibatlarga olib kelishini his qilishi uchun iqtisodiy kuchimizni ishga solishimiz kerak", deb yozgan shtat senatori

Dushanba kuni Oq uy bunday tezkor hamjihatlikni olqishladi. “Prezident Putin zamonaviy tarixda NATOning eng buyuk birlashtiruvchilaridan biri bo‘ldi. Shuning uchun ham biz unga rahmat aytishimiz kerak", dedi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki.

“So‘nggi bir necha kun ichida biz birdamlikni saqlash va Putinga uning agressiv harakatlari qabul qilinmasligi va dunyo unga qarshi birlashayotgani haqida signal yuborishga majbur bo‘ldik ”, dedi Psaki.

“Ilgari bularning bari tashqi ishlar vazirliklari doirasida va Tvdagi yangiliklarda ro‘y berardi. Ammo bugungi kundagidek tez emasdi. O‘ylaymanki, bu tezlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi”, dedi siyosiy tahlilchi Endryu Letham.

Hamma ham Rossiyani yakkalab qo‘yish uchun kurashayotgani yo‘q. Xitoy Ukraina masalasida qolganlarga qo‘shilmadi. Bu ajablanarli emas. Ammo mamlakatning uzoq vaqtdan beri boshqa davlatlar suverenitetni hamma narsadan ustun qo‘yishini ta’kidlab keladi. Tayvan va Gonkong, shuningdek, Janubiy Xitoy dengizidagi siyosatiga qarshi har qanday harakatni rad etishga qaratilgan pozitsiyasi oxir-oqibat bunga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Bu haftada sodir bo‘layotgan global geosiyosiy o‘yinlar juda tez. Ammo bu uzoq muddatda ham dolzarbligicha qoladimi? Avvalgi koalitsiyalar tezda birlashdi, ammo vaqt o‘tishi bilan parchalanib ketdi. Bir davlatni izolyatsiya qilishga imkon beradigan globallashgan dunyo o‘sha davlatga xalqaro harakatlar ta’sirini kamaytirish uchun potensial yechimlarni ham taqdim etishi mumkin.

Biroq, xalqlarni birlashtiruvchi o‘zaro bog‘liqlik bu holatda yaqqol namoyon bo‘lmoqda va bu XXI asrda bir davlatning boshqa bir davlat tomonidan zo‘rlik bilan bosib olinishiga yakdil javobni shakllantirmoqda.

"Men globallashuv davrida dunyo bunchalik birlashishi mumkin deb o‘ylamagan edim. Agar globallashgan dunyoda sanksiyalar ish beryaptimi deb so‘rasangiz, bundan ham yaxshirog‘i bo‘lishi mumkin emas deb javob bergan bo‘lardim”, deydi siyosiy tahlilchi.





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин: Фестиваль «Рыбная неделя» посетили рекордные 4,5 миллиона человек





Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин объявил о начале работы хаба молодежного предпринимательства



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Филипп Киркоров

Обманул сына, бросил жену в 90 лет и потерял дочь: яркая жизнь Бедроса Киркорова




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Педагоги школы №2065 вошли в ТОП-5 лучших туристских команд Москвы

Хоккеисты из Красногорска завоевали бронзу на чемпионате Москвы и области

Спортсменка Росгвардии установила рекорд в командном спринте на «Гран-при Санкт-Петербурга»


Анастасия Потапова

Потапова о поражении от Свентек на "Ролан Гаррос": организм дал сбой



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России