Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Март
2022

Rossiya aviakompaniyalari uchoqsiz, o‘zbek migranti esa parvozsiz qoldi

0
Rossiya aviakompaniyalari uchoqsiz, o‘zbek migranti esa parvozsiz qoldi

Rossiya aviakompaniyalari birin-ketin O‘zbekistonga parvozlarini bekor qilmoqda.

3-mart kuni S7 Airlines barcha xalqaro reyslari bekor qilishi ortidan O‘zbekistonga uchishni ham to‘xtatdi. Buning ortidan¸ SmartAvia ham o‘z parvozlari to‘xtatilganini e’lon qildi.

Rossiyaning turli shaharlaridan nafaqat Toshkent¸ balki Samarqand¸ Buxoro¸ Farg‘ona¸ Namangan va Urganch kabi shaharlarga ham haftasiga muntazam amalga oshirib kelingan parvozlar noma’lum muddatga to‘xtatildi.

Shu bilan Rossiyadagi millionlab o‘zbekistonlik mehnat muhojirini vatani bilan bog‘lovchi havo ko‘prigining kattagina bo‘lagi quladi.

Global havo qatnovini ko‘rsatuvchi Flightradar24 saytining ko‘rsatishicha¸ 4-mart kuni Toshkent aeroportiga qo‘ngan reyslar ro‘yxatida birorta Rossiya aviakompaniyasi nomi yo‘q.

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi parvozlarning keskin qisqarishi ortidan aviabiletlar narxining ikki baravardan ko‘proq qimmatlagani ko‘rilmoqda.

Sanksiyalar Rossiya aviakompaniyalarini uchoqsiz qoldirdi

Rossiya aviakompaniyalari Kremlning Ukrainaga olib borayotgan qonli urushi ortidan G‘arb qo‘llagan sanksiyalar ortidan deyarli samolëtsiz qoldi.

28-fevral kuni dunyoning eng yirik samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyalari Boeing va Airbus Rossiya bilan hamkorlikni butunlay to‘xtatdi. Rossiyadagi ofislarini butunlay yopdi. Bu Rossiya aviakompaniyalari ishlatib kelgan Boeing va Airbus uchqichlari texnik xizmat va ehtiyot qismlarisiz qoldi¸ degani.

Bu ikkala kompaniya uchqichlari esa¸ Rossiya aviakompaniyalari ishlatib kelgan aviaflotning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Rossiya fuqarolik aviatsiyasidagi uchqichlarning 332 tasi Boeing¸ 304 tasi esa¸ Airbus mahsulotidir.

Bunday misli ko‘rilmagan qadam ortidan G‘arbdagi lizing kompaniyalari ham Rossiya aviakompaniyalari bilan kelishuvlarni bekor qildi va ijaraga olingan uchqichlarning qaytarilishini talab qildi.

Reuters agentligiga ko‘ra¸ Rossiya aviafloti ishlatib kelgan uchqichlarning 980 yo‘lovchi uchqichidan 777 tasi lizingga olingan. Rossiya ishlatib kelgan uchqichlarning aksar qismi Irlandiyada joylashgan AerCap (AER.N) va AQShda joylashgan Air Lease (AL.N) kompaniyalariga qarashli.

Bu ikkala kompaniya Rossiya aviakompaniyalaridan uchqichlarni qaytarib berishni so‘radi. Ayni paytda lizing kompaniyalari dunë hukumatlariga Rossiya kompaniyalari bu uchqichlardan foydalanishni davom ettirgan taqdirda¸ xalqaro sanksiyalar asosida¸ ularni hibsga olib¸ o‘ziga qaytarishni so‘rab murojaat qildi.

O‘zbekiston Transport vazirligi vakili Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda bunday so‘rov mintaqa hukumatlarini qiyin ahvolga solib qo‘yganini bildirdi.

“Bilishimcha¸ hozircha Rossiya aviakompaniyalarining o‘zi bu uchqichlardan foydalanishni to‘xtatdi va O‘zbekiston hududida xalqaro lizing kompaniyalari qaytarib berishni so‘ragan uchqich bor, deb o‘ylamayman. Bilishimcha¸ Tojikistonda Rossiyaning kamida bitta shunday uchqichi bor. Lekin Dushanbe hukumati unga arest qo‘yishdan qo‘rqib o‘tiribdi”¸ dedi Transport vazirligining shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan vakili.

Rossiya samolyotlari O‘zbekistonga ham uchmay qo‘ydi

Transport vazirligi matbuot xizmatining Ozodlik bog‘langan rasmiysi¸ mamlakat hududida G‘arb sanksiyalari ortidan uchishi taqiqlangan samolyotlar bor-yo‘qligidan “xabari yo‘qligi”ni bildirdi.

Bunday uchqichlar O‘zbekiston aeroportlariga qo‘ngan taqdirda¸ ularga nisbatan qanday yo‘l tutilishiga oid savolga ham Transport vazirligi rasmiysi javob bera olmasligini aytish bilan cheklandi.

O‘zbekiston aviatsiyasi mutaxassislaridan biri Ozodlik bilan suhbatda¸ Boeing, Airbus va lizing kompaniyalari sanksiyalari ortidan ijaraga olingan G‘arb uchqichlarining havoga ko‘tarilishi “imkonsiz” bo‘lib qolganini bildirdi.

“Sanksiyalardan keyin O‘zbekiston hududiga birorta bunday samolyot qo‘ngani yo‘q. Sababi juda oson – ular sug‘urtasiz qoldi. Rossiya yo‘lovchi uchqichlarining deyarli hammasi G‘arb sug‘urta kompaniyalari bilan shartnoma qilgan¸ ular esa¸ Rossiya kompaniyalari bilan shartnomalarni bekor qildi. Samolyot lizingdami¸ yo‘qmi farqi yo‘q. Boeing, Airbus emas¸ Rossiyaning o‘zida ishlab chiqarilgan uchqichlar ham sug‘urtasiz havoga ko‘tarila olmaydi. Straxovka bekor qilindimi¸ tamom-vassalom”¸ deydi Ozodlik gaplashgan aviatsiya eksperti.

Global havo qatnovini ko‘rsatuvchi Flightradar24 saytidagi manzara bu ma’lumotni tasdiqlaydi.

4-mart kuni Toshkent aeroportidan ko‘tarilgan samolëtlar orasida Rossiya aviakompaniyalariga qarashli uchqich yo‘q.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” uchun keng maydon

Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekistonga muntazam qatnab kelgan reyslarni bekor qilishi ortidan bilet narxlarining keskin qimmatlagani kuzatilmoqda.

Bunday vaziyatda¸ kuzatuvchilar O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi uchun kutilmagan biznes imkoniyatlari ochilganini aytmoqda.

“Agar milliy aviakompaniya va Transport vazirlgida ozgina biznes tushunchasi bo‘lsa¸ hozirgi vaziyatdan foydalanib¸ Rossiyaga qatnovlarni keskin ko‘paytirishi kerak. O‘ziniki yetmasa¸ ucholmay qolgan Rossiyadagi samolyotlardan foydalanish yo‘lini izlab ko‘rishi kerak. Ularning egasi Rossiya emas¸ G‘arb kompaniyalari. Lekin korrupsiya tufayli biznes boshqaruvi falaj bo‘lgan hozirgi rahbarlarning bunday yo‘l tuta olishiga¸ ochig‘i ishonmayman”¸ deydi Ozodlik gaplashgan aviatsiya mutaxassisi.

O‘zbekiston Transport vazirligi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining yuzaga kelgan vaziyatda Rossiyadagi millionlab o‘zbekistonliklar uchun havo qatnovini yengillashtirish¸ narxlarni arzonlashtirish maqsadida reyslarni ko‘paytirish rejasi bormi?

Ozodlik bu savol bilan Transport vazirligi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi matbuot xizmati vakillariga murojaat qildi.

Ikkala rasmiy ham “bunday reja borligidan bexabarligini” aytish bilan cheklandi.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Москва и Пекин подписали программу сотрудничества на 2024-2026 годы





Москва

За прошедшую неделю подмосковные росгвардейцы обеспечили безопасность более 200 мероприятий


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин рассказал о росте турпотока из Китая



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Вольфганг Амадей Моцарт

«12 Шедевров Моцарта» от Amadeus Concerts




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В Лужниках состоялась церемония открытия Всероссийской Спартакиады Специальной Олимпиады

Красногорск первым встретил участников международного супермарафона Москва-Минск

Резидент «Инсайт Люди» Дмитрий Зубов установил мировой рекорд по чеканке мяча


Анна Курникова

Курникова показала трогательные фото Энрике Иглесиаса



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Отделение СФР по Москве и Московской области выплатило единовременное пособие при передаче ребенка на воспитание в семью 474 семьям региона



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России