103news.com
World News in Uzbek
Март
2022

O‘zbekiston va Pokiston Afg‘onistonga sanksiyalarni yengillatishga chaqirmoqda

0
O‘zbekiston va Pokiston xalqaro hamjamiyatni Tolibon nazorati ostidagi Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini ochishga chaqirmoqda.


Eurasia.net nashri 4-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobodga qilgan tashrifi chog‘ida Pokiston Bosh vaziri Imron Xon «bu borada birgalikda lobbichilik qilishga» kelishib olishgani haqida yozdi.


Nashrning ta’kidlashicha, ikki rahbar  o‘tgan yilning sentabr oyidan beri xalqaro hamjamiyatni avgust oyida Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olganidan keyin muzlatib qo‘yilgan aktivlarni ozod qilishga chaqirib keladi.


O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri OAV vakillari uchun o‘tkazgan brifingda Xon «Afg‘oniston xalqaro tan olinishi uchun nima qilishi mumkinligi» haqida birgalikda o‘ylab ko‘rishini aytdi. Bugunga qadar biror bir mamlakat Tolibon hukumatini rasman tan olgani yo‘q.


O‘zbekiston ham, Pokiston ham Afg‘onistonda yuzaga kelgan gumanitar inqirozni yumshatish zarurligini aytib, Afg‘onistonni ajratib qo‘yish o‘rniga mamlakat bilan hamkorlik qilishga chaqirib keladi. Buning asosiy sababi shundaki, har ikki mamlakat Afg‘oniston hududidan o‘tuvchi yirik transport loyihalarini yo‘lga qo‘yishni ko‘zlamoqda.


O‘tgan oy O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi «ikki yo‘nalishli ko‘cha» ekanini aytgan edi.


- Va bu yerda peshvoz harakat bo‘lishi kerak: muvaqqat hukumat avval berilgan va’dalarni bajarishi kerak (va ular juda ko‘p), - dedi vazir.


- Ikkinchi tomondan, xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda tashlanayotgan har qanday ijobiy qadam va o‘zgarishlarni rag‘batlantirishi kerak. Ushbu hukumat bilan ishlash, muloqot qilish, uni xalqaro hamjamiyat yondashuvi va shart-sharoitlari haqida xabardor qilish kerak, - deya so‘zini davom ettirdi Komilov.


Dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan O‘zbekiston toliblar bilan hamkorlikdan asl maqsadi – Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindiston bandargohlari, shuningdek, Fors ko‘rfaziga chiqish rejasini amalga oshirish ekanini yashirmayapti. Pokiston ham ushbu loyihani qo‘llaydi.


O‘zbekistonning Termiz shahridan boshlanib, Afg‘onistonning Mozori Sharif, Kobul shaharlari orqali Pokistonning Peshovar shahriga tutashadigan yangi temir yo‘l ochilsa, yiliga 20 million tonna yuk tashish mumkin bo‘lgan arzon logistika tarmog‘i paydo bo‘lishi kutilmoqda.


Tolibon ham loyiha amalga oshishini istaydi, ammo mamlakat xalqaro miqyosda yakkamoxov bo‘lib qolar ekan, loyiha uchun moliya bo‘lmaydi. Xavfsizlik bo‘yicha xavotirlar yana bir to‘siqdir.


‑ «Asr loyihasi» deb atalayotgan «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘li nafaqat mamlakatlarimiz, balki keng mintaqalarimiz xalqlari umumiy ravnaqiga hissa qo‘shadi, deb ishonamiz, - dedi Mirziyoyev brifing chog‘ida.


O‘tgan yil boshida O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston «yo‘l xaritasi»ni imzolab, texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish, marshrutni o‘rganib chiqish hamda moliya mexanizmlarini ko‘rib chiqishga kelishib olgan edi.


O‘tgan yil oxirida Rossiya va Qozog‘iston O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston bilan ularga tezroq va arzonroq savdo yo‘lini taklif qiladigan loyiha bo‘yicha muzokaralarga qo‘shildi.


Ammo Rossiya Ukrainaga bostirib kirgani uchun xalqaro sanksiyalarga yo‘liqqanini e’tiborga olsak, Rossiyaning ishtiroki tugatilishi muqarrar.


Sanksiyalar tufayli Rossiya orqali Yevropaga chiqish imkonsiz bo‘lib qolgani tufayli Toshkent uchun «afg‘on koridori» yanada mantiqiyroq yechimdir.


O‘tgan yilning iyul oyida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.


Mirziyoyev Pokistonga tashrifi chog‘ida o‘nlab mahsulotlarga tariflarni pasaytirilish ko‘zda tutilgan savdo bitimini ham imzoladi. Ushbu bitimga binoan, ikki davlat umumiy hisobda 34 ta mahsulot uchun bojxona to‘lovlarini 20 – 100 foizga qisqartiradi.




Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин. Главное за день





Москва

Стоит ли отдавать ребенка в частную школу?


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин. Главное за день



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Карди Би

Рэперша Карди Би вышла на публику в полупрозрачном золотом платье




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Подведены итоги конкурса «Мы верим твердо в героев спорта»

Представители Росгвардии поздравили воспитанников Центра спорта и образования «Самбо-70» с принятием торжественной клятвы

Олимпийские ценности: доступное жилье в Иваново сдадут по улучшенному стандарту


Янник Синнер

Первую ракетку мира подводят под срок // Всемирное антидопинговое агентство будет добиваться дисквалификации Янника Синнера



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Симферополь

Творческая композиция «Диво дивное руки творят».



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России