Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2022

"Proyekt": Putin saraton xastaligiga chalingan bo‘lishi mumkin

0

Vladimir Putin bot-bot onkologik xastaliklarni davolashga ixtisoslashgan shifokor ko‘rigidan o‘tadi. Bu haqda “Proyekt” internet nashri xabar qildi. Nashr Rossiya prezidentiga uning safarlarida hamrohlik qiluvchi tibbiy personal  ro‘yxatini qo‘lga kiritganini aytmoqda.

“Rossiya rahbarining doimiy hamrohlaridan biri Markaziy klinik shifoxona xodimi Yevgeniy Selivanov bo‘lib chiqdi. U “Qalqonsimon bez saratoni bilan og‘rigan katta yoshli va keksa bemorlarga tashxis qo‘yish va ularni jarrohlik yo‘li bilan davolashning xos xususiyatlari” mavzusida dissertatsiya yoqlagan”, deyiladi surishtiruvda.

“Proyekt” ma’lumotiga ko‘ra, Selivanov Putinni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Sochi shahrining o‘ziga kamida 35 marta uchib borgan.

Nashr Putinning biron xastalikka chalinganini iddao qilmagan va muayyan tashxisni tilga olmagan.

Ayni chog‘da “Proyekt” kamida ikki holatda Putin, katta ehtimol bilan yelka sohasida jarrohlik amaliyoti yoki boshqa juda jiddiy muolajani boshidan kechirganini ta’kidlamoqda. Va bu holatlar Putinning jamoatchilik nazaridan “yo‘qolib qolgan” paytlarga to‘g‘ri keladi.

Surishtiruvda aytilishicha, Putin so‘nggi yillarda Sochiga safari chog‘ida ko‘pincha o‘zi bilan uch shifokorni olib kelgan. Ular – Aleksey Shcheglov, Igor Yesakov (ikkisi ham otolaringolog) hamda yuqorida tilga olingan jarroh-onkolog Yevgeniy Selivanovlar.

“O‘tgan to‘rt yil davomida Shcheglov Sochiga – Putinning huzuriga 59 marta uchib kelgan va uning yonida 282 kun bo‘lgan. Selivanov esa 35 marta uchib kelgan va 166 kun Putinning qarorgohida qolgan”, deb yozadi “Proyekt”.

Nashrga ko‘ra, ushbu shifokorlar guruhi prezident nafaqat Sochidagi qarorgohida rasman bo‘lgan paytlarda, balki “g‘oyib bo‘lgan” paytlarda uning yonida bo‘ladi.

Shuningdek, Putinning sog‘lig‘iga bag‘ishlangan surishtiruvda u Oltoyga safar qilgan chog‘larida go‘yo yosh bug‘u shoxlari ekstraktidan tayyorlangan vanna qabul qilishi aytiladi.

Jurnalistlar o‘tgan yilning sentabr oyida Putin to‘satdan o‘zini yakkalaganiga e’tibor berishgan edi. O‘shandan so‘ng u ko‘pchilik bilan, jumladan chet mamlakatlar liderlari hamda tevaragidagi odamlar bilan orada katta masofa saqlagan holda so‘zlashadigan bo‘ldi – Rossiya rahbarining xorijiy oliy martabali mehmonlar bilan uchrashuvlari hatto internet-memlar mavzusiga aylandi.

“Proyekt” Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan izoh so‘ragani va “Bular bari noto‘g‘ri ma’lumot. Bu yerda hammasi haqiqatdan yiroq”, degan javobni olganini bildirdi.

Hozirda yopilgan “Exo Moskvi” radiostansiyasining sobiq bosh muharriri Aleksey Venediktovning yozishicha, Dmitriy Peskov “Proyekt” ma’lumotini uydirma va yolg‘on deb atagan, ammo “Prezident Putin saraton bilan og‘rimagani rostmi?” degan savolga “rost” deb javob bergan.

Qalqonsimon bez saratoni, boshqa onkologik kasalliklarga nisbatan yengilroq kechadi va ko‘p hollarda muolaja qilinadi.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Москва и Пекин подписали программу сотрудничества на 2024-2026 годы





Москва

Московский аэропорт Домодедово и Всероссийское общество инвалидов заключили соглашение о сотрудничестве


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Москва и Пекин подписали программу сотрудничества на 2024-2026 годы



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Александр Розенбаум

Александр Розенбаум проиграл суды коммунальщикам на 386 тысяч рублей




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В УФСИН России по Республике Дагестан прошли лично-командные соревнования по легкой атлетике

Военно-спортивный фестиваль Росгвардии в «Лужниках» собрал более 20 000 москвичей и гостей столицы

Красногорск первым встретил участников международного супермарафона Москва-Минск


Уимблдон

Экс-теннисист Ольховский: россияне могут хорошо выступить на Уимблдоне



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Бизнес-омбудсмен Москвы оказывает поддержку НМСП



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России