Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2022

Aksilkorrupsiya agentligi: Toshkent hokimi bevosita tadbirkorlik bilan shug‘ullanmaydi

0
Aksilkorrupsiya agentligi: Toshkent  hokimi bevosita tadbirkorlik bilan shug‘ullanmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Shavkat Mirziyoevning "ochiqlikka doir prezident farmoni talablarini bajarmayotgan" davlat organlari va tashkilotlari borasida Ozodlik savollariga javob yo‘lladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovning 19-mart kuni Senatning 24-yalpi majlisidagi hisobotida aytishicha, “ko‘plab davlat organlari va tashkilotlari ochiqlikka doir prezident farmoni talablarini bajarmayapti”.

Agentlik direktori hisobotida aytilishicha, 135 ta davlat organi va tashkilotidan 80 tasi ma’lumotlarni belgilangan resurslarga joylashtirmagan. 88 ta davlat organi va tashkiloti xizmat safari va xorijiy mehmonlarni kutib olishga ketgan xarajatlarni vaqtida ochiqlamagan.

Quyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Durdona Munavarovaning Ozodlik savollariga yo‘llagan yozma javoblarini e’tiboringizga havola qilamiz.

 

Ozodlik: 135 ta davlat organi yoki tashkiloti davlat xaridlari va hokazo xarajatlarni qaysi resurslarga joylashtirishi kerak?

Durdona Munavarova: 2021-yil 16-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-son Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi va shaffofligi ta’minlashga xizmat qiluvchi qator chora-tadbirlar belgilandi.

Xususan, Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik darajasini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si va belgilangan muddatlarda majburiy e’lon qilib borish lozim bo‘lgan 33 turdagi ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Joriy etilgan yangi tartibga ko‘ra, mas’ullar Farmon talablaridan kelib chiqib, o‘z faoliyatlariga taalluqli ma’lumotlarni Ochiq ma’lumotlar portali (data.egov.uz) hamda o‘z rasmiy veb-sahifalarida tashkil etilgan “Ochiq ma’lumotlar” sahifalarida joylashtirib bormoqda.

O‘z navbatida, Farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish vazifasi yuklatildi.

Ozodlik: Akmal Burhonov hisobotida data.egov.uz portali tilga olindi. Portal jamoatchilik uchun ochiq, ammo ichida qariyb ma’lumot yo‘q, nega? Bu portalga ma’lumot yuklash davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiyatmi yoki tavsiya?

Durdona Munavarova: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-apreldagi PQ-4273-son Qaroriga muvofiq, Ochiq ma’lumotlar portalida (data.egov.uz) davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Portalda o‘z vaqtida aks ettirilishi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish Davlat statistika qo‘mitasiga yuklatilgan va ushbu maqsadni amalga oshirish uchun Qo‘mitada alohida boshqarma tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-son Farmonida belgilangan ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan 33 turdagi ma’lumotlarni Ochiq ma’lumotlar portali hamda o‘z rasmiy veb-sahifalarida joylashtirish davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy bo‘lib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotlarning o‘z vaqtida tegishli resurslarda joylab borilishini monitoring qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda Portalda 150 dan ziyod vazirlik va idoralar, mahalliy davlat boshqaruvi organlari tomonidan shaxsiy sahifalar ochilgan va ma’lumotlarni joylashtirib bormoqda.

Ozodlik: Amaldorlar 2021-yildan daromad va mulklari haqida majburiy deklaratsiya to‘ldiradi, deyilgan edi. To‘ldirilyaptimi va bu deklaratsiyalar jamoatchilik uchun ochiqmi?

Durdona Munavarova: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmonining 4-bandiga asosan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida bojxona va soliq tizimi faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlarga muvofiq, bugungi kunda mazkur tizimlarni korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha Qaror va Farmon loyihasi tayyorlandi.

Mazkur hujjatlar loyihasida dastlab ushbu tizimlar xodimlari uchun 2022-yil 1- sentabrdan boshlab deklaratsiya topshirish majburiyati belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan «Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasida ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘risidagi normalar ko‘zda tutilgan.

Mazkur qonun qabul qilinishi bilan barcha davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlari majburiy deklaratsiya qilinadi va jamoatchilikka ochiq e’lon qilib boriladi.

Ozodlik: 2020-yilda davlat tashkilotlaridagi xizmat mashinalari xatlovdan o‘tkaziladi, deyilgandi. Shu kunda viloyat va tuman, shahar hokimlariga berilgan nechta xizmat mashinasi hamda uyi bor? Umumiy summasi qancha?

Durdona Munavarova: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, ushbu korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tasarrufidagi yengil avtomobillar, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlar portali va rasmiy veb-saytda har chorakda e’lon qilib borilishi belgilangan.

Hozirda ushbu ma’lumot (https://data.egov.uz/data/61f122c4a6060ddf7ed388da) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning yanvar oyi holatiga joylashtirilgan bo‘lib, 2022-yilning birinchi choragi uchun yangilangan ma’lumotlar aprel oyida joylashtirilishi lozim.

Bundan tashqari, barcha davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (tezkor-qidiruv, harbiy va boshqa maxsus xizmatlarda foydalaniladigan ashyolar bundan mustasno) Ochiq ma’lumotlar portali va o‘zining rasmiy veb-saytida har chorakda joylashtirib bormoqda. Bu haqdagi ma’lumotlar barcha uchun ochiq bo‘lib, vazirlik va idoralar yoki mahalliy davlat boshqaruvi organlari kesimida alohida tanishish mumkin.

Ozodlik: Davlat amaldorlariga biznes yuritish taqiqlanmagan. Jumladan, Toshkent shahar hokimi, Qurilish vazirining o‘zi va oilasiga aloqador biznes tuzilmalari bahslarga sabab bo‘ldi. Bu manfaatlar to‘qnashuvi emasmi?

Durdona Munavarova: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6- martdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi 103-son qaroriga muvofiq quyidagi mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan:

1) davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga;

2) davlat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi bo‘lgan mansabdor shaxslarga;

3) davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga va ularning bank hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan o‘rinbosarlariga;

4) davlat ta’minot va savdo-sotiq korxonalari va tashkilotlarining rahbar xodimlariga;

5) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish vazifasiga kiruvchi davlat organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga;

6) chakana, ulgurji-chakana savdo, umumiy ovqatlanish davlat birlashmalari va korxonalarining, savdo tashkilotlarining, trestlarining rahbarlariga va ularning o‘rinbosarlariga, bosh mutaxassislariga, strukturaviy bo‘linmalarining boshliqlariga, moddiy javobgar shaxslariga.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 2-martdagi 62-son qaroriga ilova: “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari” 15, 16-bandiga ko‘ra:

- Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi.

- Davlat xizmatchilari o‘zlarining o‘z xizmat vazifalarini zarur darajada bajarishiga yoki ularga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirmasligi, shuningdek lavozimni egallamasligi kerak.

- Davlat xizmatchisi har qanday holatlarda ham o‘z xizmat mavqeidan mumkin bo‘lmagan shaxsiy foydani olishi mumkin emas.

- Davlat xizmatchilari o‘z rahbarini manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rish maqsadida tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etishi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

- Davlat xizmatchisi lavozimga tayinlanayotganda va xizmat vazifalarini bajarayotganda o‘zining xizmat vazifalarini zarur darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligining mavjudligi yoki mavjud bo‘lishi imkoniyati to‘g‘risida ma’lum qilishi shart.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” Qonunning 3,4-moddalariga ko‘ra:

Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.

Yuqorida bayon qilingan qonun hujjatlari mazmuniga ko‘ra, investitsiya faoliyati, jumladan xo‘jalik shirkati va jamiyatlarining aksiyalari, ulushlariga egalik qilish faoliyati tadbirkorlik faoliyati sanalmaydi.

Agentlik tomonidan o‘rganish davomida Qurilish vaziri B.Zakirov va Toshkent shahar hokimi J.Artikxodjayev bevosita tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmasligi va tadbirkorlik tuzilmalarining ijroiya organlariga rahbarlik qilmasliklari aniqlandi.

Muqaddam Agentlik tomonidan o‘rganish davomida qurilish sohasidagi ayrim davlat buyurtmalari Qurilish vaziri B.Zakirovning yaqin qarindoshlariga tegishli tadbirkorlik tuzilmalari tomonidan qo‘lga kiritilganligi va manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganligi aniqlangan. Biroq mazkur holatlar sodir etilgan vaqtda qonun hujjatlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik belgilanmagan.

Hozirda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik yuzasidan qonun hujjatlarida jinoiy javobgarlikni belgilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Loyihalar tez kunlarda jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Ozodlik: 2022-yil 1-yanvarga qadar "Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim edi. Loyiha taqdiri nima bo‘ldi?

Durdona Munavarova: O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur qonun loyihasi bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali o‘zining taklif, tavsiya va e’tirozlarini yuborgan (kelishgan). Ushbu tizim orqali boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ham qonun loyihasi bilan kelishgan Shundan so‘ng, loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz) orqali jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hamda jamoatchilik muhokamasi yakunlangan. Shundan so‘ng, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Hozirda qonun loyihasi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritish bosqichida.

Ozodlik: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi nega tarqalib ketdi?

Durdona Munavarova: Joriy yilning 24-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bir qator masalalar bilan birgalikda Kengash Agentlik rahbariyatiga murojaat qilib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi masala ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullandi.

Kengash tomonidan bunga sabab sifatida Kengash oldiga qo‘yilgan maqsadlarni va o‘z ish rejasida belgilangan bandlarni ijrosini ta’minlamagani, ko‘p a’zolar o‘z faoliyatidan qoniqmaganligi, a’zolar o‘rtasida hamjihatlik kuzatilmagani kabi va boshqa turli sabablar ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur qaror Agentlik tomonidan batafsil o‘rganib chiqilmoqda va shundan so‘ng yakuniy qaror qabul qilinadi.

Ozodlik: Davlat organi yoki tashkiloti mulozimining korrupsiyaga yo‘l qo‘ygani aniqlansa, agentlik bunday holatda qanday yo‘l tutadi? Agentlikda bunday amaldor jazolanishini ta’minlash vakolati bormi?

Durdona Munavarova: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni 4-bandiga ko‘ra, Agentlik o‘rganish va boshqa tadbirlar natijalari bo‘yicha to‘plangan materiallarni faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq choralar ko‘rish, jumladan jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish uchun huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlariga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 112-moddasi mazmuniga ko‘ra, odil sudlov faoliyati faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi.





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин: Городские вокзалы объединяют маршруты





Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин. Главное за день



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Игорь Бутман

Долина, Бутман и его оркестр представили Россию на Akra Jazz Festival в Турции




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Дмитрий Вязьмикин – тренер по индивидуальной подготовке молодежного футбола «Локо»

Баскетболисты из Лобни завоевали золото на турнире Moscow Open

Генпрокуратура потребовала передать государству велотрек с Олимпиады-80


Ролан Гаррос

Бывшая российская теннисистка спела гимн Франции: «Я здесь дома»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Победитель фирменной игры «Авторадио» получил ключи от Oting Паладин



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России