Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2022

Jizzaxda seldan kamida 5 odam halok bo‘ldi, o‘nlab uyni suv yuvib ketdi

0

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, Jizzax viloyatida so‘nggi sutkada yuz bergan sel oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetgan.

Shuningdek, sel avtomashinalarni oqizib ketgan, uy va ekinzorlarni vayron etgan.

Forish tumanining tabiiy ofatdan eng ko‘p ziyon ko‘rgan “Egizbuloq” qishlog‘ida 100 dan ortiq odam boshpanasiz qolgan, ular qarindoshlarining uylariga va tumandagi ikkita kollej binosiga vaqtinchalik yashash uchun ko‘chirilgan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, 20-aprel kungi kabi kuchli sel mamlakatning bu hududlarida so‘nggi 80 yil ichida ilk bor kuzatilgan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Jizzax viloyatidagi boshqarmasi xodimi Ozodlikka tabiiy ofatdan o‘lim holatlarining barchasi "Egizbuloq" qishlog‘ida qayd etilganini aytdi.

“O‘lganlar soni 5ta bo‘ldi, to‘rt erkak va bir ayol halok bo‘ldi. O‘lim holatlarining hammasi Forishning "Egizbuloq" qishlog‘idan. Shu qishloqda yana olti odam qutqarib olindi, Forish tumani kasalxonasiga yotqizildi. Joylarda qutqaruvchilarimiz ishlayapti. Tabiiy ofat zarari o‘rganilyapti”, - dedi FVV mulozimi.

21-aprel kuni ertalab vazirlik Forish tumanida tabiiy ofatdan 4 kishining nobud bo‘lgani, bir kishi bedarak ketgani, olti kishining esa jarohat olgani haqda xabar bergandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida sel “Jiguli” avtomobilini oqizib ketayotganini ko‘rish mumkin.

Bu hodisa ham Forish tumanida kuzatilgan.

“Maktab devorlari qulagan. Mana qarang, mana bu binoni birinchi etaj derazasigacha suv ko‘tarilgan”, - deydi videolavhada kadr ortidan gapirgan kishi.

"Qoramol va qo‘ylarni ham suv oqizib ketdi"

Forish tumanidagi ismi ochiqlanmasligini istagan mahalla faollaridan biri Ozodlikka yuzdan ziyod xonadon vayron bo‘lgani, sel uy hayvonlarini ham oqizib ketganini aytdi.

“Kecha to‘xtovsiz sharros yomg‘ir bo‘lib, kuchli sel yo‘lda uchragan narsalarni oqizib ketdi. Tumanimizda yuzdan ortiq xonadon vayron bo‘ldi. Ayrimlarini devorlari qulab tushgan. Boshpanasiz qolgan aholi tumandagi ikkita kollej binosiga ko‘chirildi. Bizni tuman chorvachilikka ixtisoslashgan tuman-da. Qoramol va qo‘ylarni ham suv oqizib ketgan, yo‘qotishlar ko‘p. Sonini aniq aytolmaymiz. Biz hozir hashardamiz. Boshqa viloyatlardan yordamchilar kelgan. Oziq-ovqat tarqatishyapti. Respublika MChSidan odamlar shu yerda ishlayapti”, - deydi mahalla faoli.

"Bir oylik yomg‘ir 1 yarim soatda yog‘di"

Jizzaxning G‘allaorol tumanida esa sel ko‘prik, ekin yerlari va yo‘llarni yuvib ketgan. Mahalliy fermerlardan biri Ozodlikka o‘ndan ziyod qoramol va qo‘y-qo‘zilari nobud bo‘lganini aytdi.

“Ekish mavsumida sel yerlarni yuvib ketdi. Yerlarni qaytadan ekinga tayyorlab, boshqatdan qilishga to‘g‘ri keladi. Qoramol va qo‘y-qo‘zi nobud bo‘ldi, o‘ndan ko‘p hayvonni yo‘qotdik. Jonimiz omon qolganiga shukur qilyapmiz’, - deydi fermer.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, 20-aprel kuni kuchli sel Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida ham kuzatilgan.

"Samarqand viloyatidan 222 ta, Jizzax viloyatidan 14 ta, Navoiy viloyatidan 10 ta, Qashqadaryo viloyatidan 1 ta jami 280 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Barcha murojaatlar bo‘yicha, jumladan, sel oqimlari, suv toshqinlari va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun yong‘in-qutqaruv bo‘linmalaridan 92 ta maxsus texnika, 20 ta motopompa hamda 758 nafar qutqaruvchi jalb etildi", - deyiladi FVV rasmiy bildiruvida.

Jizzaxning G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi Samarqand- Jizzax magistral yo‘lining ba’zi qismlari ham suv ostida qolgan. Poyezdlar qatnovi bir necha soat to‘xtab qolgan.

Samarqand shahri va tumanlari avtomobil yo‘llarida suv to‘planib qolishi avtomobillar qatnoviga halal qilgan.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, chorshanba kuni yoqqan bir yarim soatlik jala bir oylik yog‘ingarchilik miqdorini tashkil etgan.

O‘zbekistonda sel va ko‘chkilar bahor oylarida bo‘lib turadi. Lekin O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, 20-aprel kungi kabi kuchli sel mamlakatning bu xududlarida so‘nggi 80 yil ichida ilk bor kuzatilgan.





Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал о работе хаба молодежного предпринимательства





Москва

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Начался прием заявок на конкурс грантов для социальных НКО



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Rammstein

Rammstein зажигают




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

После концерта и в дождь дороже: как складываются цены на поездки на такси

Юные тулячки завоевали серебро и бронзу турнира по синхронному плаванию

Генпрокуратура потребовала передать государству велотрек с Олимпиады-80


Ролан Гаррос

Теннисистка из Пятигорска вышла в четвёртый круг турнира Большого шлема



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Евгений Миронов, Ирина Пегова, Кристина Асмус, Илья Авербух, Елизавета Арзамасова и другие звезды не фестивале «НЕБО»



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России