Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Май
2022

AP: Xitoy uyg‘urlar yashaydigan Shinjonni katta qamoqxonaga aylantirmoqda

0
AP: Xitoy uyg‘urlar yashaydigan Shinjonni katta qamoqxonaga aylantirmoqda

Xitoyning uyg‘urlar yashaydigan shahrida deyarli har 25 kishidan biri terrorizm bilan bog‘liq ayblovlar bilan qamoq jazosiga hukm qilingan. Bu ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich, deb xabar bermoqda Associated Press nashri.

Agentlik tomonidan qo‘lga kiritilgan va qisman tasdiqlangan ro‘yxatda Shinjondagi birgina Konasheher qamoqxonasiga jo‘natilgan 10 000 dan ortiq uyg‘urlarning ismlari keltirilgan. So‘nggi yillarda Xitoy asosan musulmon ozchilik bo‘lgan uyg‘urlarga qarshi shafqatsiz qatag‘on olib bormoqda va buni terrorizmga qarshi kurash deb aytib keladi.

Hibsga olingan uyg‘urlarning nomlari keltirilgan bu ro‘yxat hozirgacha paydo bo‘lgan eng katta ro‘yxat bo‘lib, bu Xitoy hukumatining million yoki undan ortiq odamni siyosiy mahbuslarga aylantirgan kampaniyasining ko‘lamini aks ettiradi. Bu shuningdek, ko‘plab oilalar va huquq tashkilotlarining yillar davomidagi da’volarini ham tasdiqlaydi: Xitoy uyg‘urlarni nazorat ostida ushlab turish uchun uzoq muddatli qamoqqa olish tizimiga tayanmoqda, qonunni repressiya quroli sifatida ishlatmoqda.

Keskin xalqaro tanqidlar ortidan Xitoy hukumati 2019-yilda uyg‘urlar hech qanday ayblovlarsiz tashlangan qisqa muddatli, suddan tashqari qamoqxona lagerlari yopilganini e’lon qildi. Biroq, ekspertlarning fikricha, minglab uyg‘urlar soxta terrorizm ayblovlari bilan o‘nlab yillarga qamoqqa tashlangan.

Uyg‘ur fermeri Rozikari To‘xtini hamma muloyim, oilasiga mehribon, dinga zarracha ham qiziqmaydigan odam sifatida bilardi. Uning amakivachchasi Mihrigul Muso To‘xtining "diniy ekstremizm" aybi bilan besh yilga qamalganini eshitib hayratda qoldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mihrigul har hafta namoz o‘qiydigan boshqa qarindoshlaridan xavotir olgan, ammo To‘xti hibsga olinishini kutmagan.

Muso Roziqari To‘xtining ukasi Abilikim To‘xti ham “ijtimoiy tartibni buzish maqsadida jamoatchilikni to‘plash”da ayblanib, yetti yilga qamalganini aniqladi. To‘xtining qo‘shnisi, Nurmamat Dovud ismli fermer ham xuddi shu ayblovlar bilan 11 yilga qamalgan.

Konasheher Shinjonning janubiy qishloqlaridan biri. U yerda 267 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ro‘yxatdan ma’lum bo‘lishicha, tumandan hibsga olinganlar 2 yildan 25 yilgacha qamoqqa hukm qilingan, o‘rtacha ko‘rsatkich to‘qqiz yil.

Qamoqdagilar jamiyatning turli qatlamlaridan. Ular orasida erkaklar, ayollar, yoshlar va qariyalar bor . Ularning faqat umumiy bir jihati bor bu ham bo‘lsa ularning uyg‘ur bo‘lganidir.

Xitoy hukumati bu xulosani keskin rad etadi. Shinjon matbuot kotibi Elijan Anayatning aytishicha, hukmlar qonunga muvofiq amalga oshirilgan.

"Biz hech qachon ma’lum mintaqa, etnik guruh yoki dinni, uyg‘urlarni ham nishonga olmaymiz. Biz hech qachon yaxshiga zulm qilmaymiz va yomonni ozod qilmaymiz", dedi Anayat.

Ro‘yxatni Norvegiyada surgunda bo‘lgan uyg‘ur tilshunosi Abduvali Ayub jurnalistlarga yetkazgan. Associated Press buni ro‘yxatdagi 194 kishini taniydigan sakkiz uyg‘ur bilan suhbatlar, shuningdek, qonuniy bildirishnomalar, Xitoy rasmiylari bilan telefon qo‘ng‘iroqlari yozuvlari hamda manzil, tug‘ilgan kun va shaxs raqamlarini tekshirish orqali tasdiqlagan.

Ro‘yxatdagi odamlar qotillik yoki o‘g‘rilik kabi odatiy jinoiy ayblovlar qo‘yilgan shaxslar emas. Aksincha, ro‘yxatda terrorizm, diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga yoki siyosiy dissidentlarga nisbatan an’anaviy ravishda qo‘llaniladigan noaniq ayblovlar, masalan, "janjal qo‘zg‘ash" kabi ayblovlar qayd etilgan. Bu qamoqqa olinganlarning haqiqiy soni ko‘proq ekanligini anglatadi.

Adliya vazirligi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Konasheherdagi qamash darajasi, masalan, AQShdagi qamoqxonadan 10 baravar yuqori. 2013-yildagi davlat statistikasiga tayanilsa, bu butun Xitoydagi ko‘rsatkichdan 30 baravar ko‘pligini ko‘rsatadi.

2017-yilda bir necha uyg‘ur jangarilari tomonidan amalga oshirilgan pichoqbozlik va portlashlardan so‘ng bosim yanada kuchaydi. Xitoy hukumati ommaviy hibsga olishlarni terrorizmga qarshi kurashish uchun zarur deb himoya qilib keladi.

2019-yilda Shinjon rasmiylari qisqa muddatli qamoqxona lagerlari yopilganini e’lon qildi va “kasb o‘rganuvchilar” deya ta’riflaganlarning barchasi “o‘qishni bitirganini” aytdi. To‘rtta lagerga borgan AR jurnalistlari lagerlar yopilgan yoki boshqa ob’ektlarga aylantirilganini tasdiqladi.

Ammo qamoqxonalar qolmoqda. Bir nechta lagerlar qamoqxonalarga aylantirilmoqda.

Su’niy yo‘ldosh tasvirlari shuni ko‘rsatadiki, 2021-yil apreliga kelib Xitoy hukumati Shinjonda Manxetten orolining uchdan bir qismini qamrab oladigan darajada qamoqxona maydoniga ega bo‘lgan.

“So‘nggi besh yil ichida Shinjon terrorchilik harakatlaridan xoli bo‘ldi. Barcha millat vakillari baxtli va tinch hayot kechirmoqda”, dedi fevral oyida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I.

Olingan bir nechta ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, qamoqdagi sheriklarini behayo video ko‘rish, so‘kinish yoki qamoqda namoz o‘qishdan ogohlantirganlar ham "terrorizm" da ayblanmoqda. Eng dahshatlisi lagerdagi mahbuslar soxta sud jarayonlarida o‘zlarining "jinoyatlarini" tan olishga majbur bo‘lgan va mustaqil advokatlar himoyasisiz qamoqxonalarga o‘tkazilgan.

Odil Tursun To‘quzoqdagi o‘rta maktabda uyg‘ur o‘quvchilariga xitoy tilidan dars bera oladigan yagona o‘qituvchi edi. U Kommunistik partiya a’zosi bo‘lib, ilgari “Namunali ishchi” mukofotini ham qo‘lga kiritgan. Uning sinfidagi o‘quvchilar har yili shaharda kimyo fanidan eng yaxshi natijalarga erishgan.

Ro‘yxatda Odil Tursun va boshqalarning ismlarining borligi Ayupni taajjublantirdi, chunki ular namunali uyg‘urlar hisoblangan.

"Jinoyatlarning nomlari, ekstremistik fikrlarni tarqatish, separatizm... bu ayblovlar bema’nilik", - deydi u.

Lekin Ayup Abduvali ro‘yxatni uyg‘ur diasporasi orasida tarqatib, odamlardan o‘zlari taniydigan kishilarni tasdiqlashni so‘raganida, 30 kishidan faqat sakkiztasi omma oldida gapirishga rozi bo‘ldi. Ayup hafsalasi pir bo‘lsa-da, o‘z xalqining ezilishini hujjatlashtirishga qaror qildi.

“Yakunda g‘alaba qozonamiz, chunki biz adolat tarafidamiz, biz tarixning to‘g‘ri tomonidamiz", dedi u.





Губернаторы России
Москва

Собянин подвел итоги фестиваля «Москва — на волне. Рыбная неделя»





Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин: Фестиваль «Рыбная неделя» посетили рекордные 4,5 миллиона человек



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Андрей Макаревич

СК заинтересовался Макаревичем* после разговора с "Зеленским" и слов о концерте в Киеве




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Спортсменка Росгвардии установила рекорд в командном спринте на «Гран-при Санкт-Петербурга»

Ученики школы №1354 одержали победу в финале Московской спартакиады молодежи допризывного возраста

Спортсмены из Росгвардии стали призерами соревнований по велоспорту в Москве


Новак Джокович

Джокович совершил суперкамбэк на Ролан Гаррос и установил абсолютный рекорд



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Архангельск

Торговые настольные электронные весы CAS PR-15P



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России