Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Июнь
2022

Himoyachidan “jinoyatchi”ga. Toshkentda uch advokat ayol “jinoiy sheriklik”da gumonlanmoqda

0
Himoyachidan “jinoyatchi”ga. Toshkentda uch advokat ayol “jinoiy sheriklik”da gumonlanmoqda

O‘zbekistonlik advokatlar Barchinoy Imamova, Nozima Akilova va Feruza Qurbonovalar joriy yil 6-iyunidan buyon O‘zbekiston IIV tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

IIV Tergov departamenti bu advokatlarni, JKning bir necha moddasi bilan o‘zlari himoya qilayotgan shaxslar ishtirokidagi jinoiy guruhga a’zolik, firibgarlik, talon-toroj va jinoiy daromadni legallashtirish kabi jinoyatlarda gumon qilmoqda.

Advokatlardan biri - Barchinoy Imamovaning onasi - Yoqutxon Yunusovaning shikoyat qilishicha, hibsga olish va saqlash chog‘ida qizi va hamkasblarining huquqlari buzilgan.

O‘zbekiston qonunchiligida advokatlar daxlsizligi ta’minlangan va ular o‘zlari himoya qilayotgan shaxslar hamda ish doirasida ayblanishi, javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Advokatlar palatasi “advokatlar kasbiy faoliyati uchun” hibsga olingani yuzasidan xavotir bildirgan.

3 bolaning onasi bo‘lgan 38 yashar advokat Barchinoy Imamova shu yilning 4-iyunida kechki payt uyidan olib ketilganicha qaytmadi.

Onasi Yoqutxon Yunusovaning Ozodlikka aytishicha, qizi bir yildan buyon huquqiy himoya qilayotgan shaxsga nisbatan ilgani surilgan jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan.

6-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi Imamovaning “hibsga olinishi”ni asossiz, deb topib sud zalidan ozod etdi, deydi Yunusova:

“Hujjatlarga qo‘l qo‘yib kelasiz, deyishgan. O‘g‘limning mashinasida borishgan. Ichkarida uni olib qolishgan. 48 soatdan keyin ikkinchi sud bo‘lgan, bosimlar bo‘lgan bilaman baribir. Tergov davom etarkan, deb qizimni yana hibsga olishdi. Appelyatsiyaga berdik, unda ham qizimni himoya qilishga ruxsat berishmayapti”.

Imamova bilan birga, ayni ish doirasida ayblanuvchilarni birga himoya qilayotgan yana ikki advokat - Nozima Akilova va Feruza Qurbonovalar ham hibsda.

Advokatlarni ehtiyot chorasi tarzida qamoqqa olishga oid sud ajrimining nusxasi Ozodlikda mavjud.

Ajrimda yozilishicha, sud majlisi shu yilning 8-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida yopiq tarzda o‘tkazilgan.

Ajrimda Barchinoy Imamova, o‘zi huquqlarini himoya qilayotgan shaxs - Rossiya fuqarosi I. G‘afurjanov hamda uning sheriklari bilan bir qatorda firibgarlik (168-modda ), talon-toroj (167-modda), sud hujjatlarini ijro etmaslik (232-modda), davlat tamg‘asidan noqonuniy foydalanish va uni qalbakilashtirish (228-modda), jinoiy yo‘llar bilan topilgan daromadni legallashtirishda (243-modda) ayblanayotgani aytilgan.

Ajrim qarorida aytilishicha, I.G‘afurjanov va uning o‘ndan ortiq sheriklari, G‘afurjanovning opasi - A. G‘afurdjanovadan “MEGATEK-AVTO” MChJni tortib olish uchun “bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni bevosita sodir etishga tayyorgarlik qilgan”.

Ajrimda, advokatlarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash va IIV 1-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirishga qaror qilingan.

Ozodlikda Imamova bilan birga hibsga tashlangan boshqa advokatlar taqdiriga oid ma’lumot yo‘q.

Barchinoy Imamovaning yaqinlari, muqaddam sudlanmagan va qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan advokat ayollar, O‘zbekistonning advokatlar daxlsizligini kafolatlovchi qonunlariga zid ravishda qo‘lga olingani va hibsga tashlangani, saqlanayotganini da’vo qilmoqda.

“12 kundan beri advokat kiritishmagan edi. Kecha (28-iyun kuni-tahr.) ikkinchi advokatni yollab kiritdik. Biz jo‘natgan yegulik va kiyimlarni ham kiritishmabdi. Advokati aytyapti: “Qizingiz o‘ziga ishongan, o‘zimni o‘zim himoya qila olaman, aybim bo‘lsa isbotlanglar, o‘zimni himoya qilishimga imkon beringlar!” deyapti, deb. Bizdan jinoyat ishlarini yuritish bo‘yicha ikkita kitob so‘rabdi. Chunki u asosan, xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanardi. Keyin bularning hammasida yosh bolalari bor, ularni uyida qoldirib tergov qilsa ham bo‘lardi-ku?!” deydi advokatning onasi Yunusova.

O‘zbekistonda advokatlarning o‘zlari himoya qilayotgan shaxslarga jinoiy sherik sifatida qo‘shib, sudlanishi yoki hibsga tashlanishiga oid holat muqaddam sodir bo‘lgani haqida Ozodlikda ma’lumot yo‘q.

O‘zbekiston Advokatlar palatasi bu holat yuzasidan xavotir bildirmoqda. Palata raisining shu yil 14-iyun kuni Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevga yo‘llagan maktub nusxasi Ozodlikka kelib tushdi.

Unda uch advokatning o‘z himoyalanuvchilariga “yuridik yordam ko‘rsatishda ifodalangan kasbiy faoliyati doirasidagi xatti-harakatlari tergov organlari tomonidan jinoyat sifatida talqin qilinayotgani”dan xavotir bildirilgan.

Palata raisi A.Ernazarov, Bosh prokurordan bu ishni shaxsan nazoratga olishni so‘ragan. Ozodlik bu murojaatga qanday javob bo‘lgani va 3 advokat taqdiriga oid boshqa savollar bilan palataga murojaat qildi, ammo hozircha javob ololmadi.

Shuningdek, Toshkent shahar Advokatlar kollegiyasi va Advokatlar palatasiga ham murojaat qildi, ammo hozircha javob bo‘lmadi.

Toshkentda hibsda saqlanayotgan 3 hamkasbi ishini kuzatayotgan o‘zbekistonlik bir necha advokat ham, Ozodlik bilan suhbatda, bu kabi holatga avval guvoh bo‘lmaganini aytdi.

Ozodlik suhbatlashgan advokatlar bu holatda, advokatlarning qonuniy daxlsizligi buzilgan va ayni paytda, ularga nisbatan qamoqda saqlash chorasini qo‘llash ham o‘ta keskin choradir, degan yakdil xulosani tilga oldi.

“Bu ayollar advokatlik faoliyatini bajarib turgan paytda hibsga olindi - bu esa “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida” qonunning 6-moddasiga zid. Unda “advokatning shaxsi daxlsiz”, deb yozib qo‘yilgan. Ikkinchidan, bu ayollarning hammasida voyaga yetmagan farzandlari bor, muqaddam sudlanmagan. Agar ayblov asosli bo‘lgan taqdirda ham ularni ochiqda qoldirish mumkin edi. Hozir juda ko‘p advokat ularni sudda himoya qilishga qiziqish bildiryapti”, dedi xavfsizlik nuqtai nazaridan ismini ochiqlashni istamagan toshkentlik advokat.

“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida advokat daxlsizligi qayd etilgan:

“Advokatning ish bo‘yicha huquqiy nuqtai nazariga nisbatan surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas. Advokatni yuridik va jismoniy shaxslarga qonunga muvofiq yuridik yordam ko‘rsatganligi munosabati bilan jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki unga shunday javobgarlikka tortish bilan tahdid qilish mumkin emas”.

Ozodlik O‘zbekiston Advokatlar palatasi raisi va qator advokatlar tilga olgan xavotir - hamkasblarining kasbiy faoliyatini bajarayotgan bir paytda hibsga olingani bo‘yicha xavotirlarga munosabat so‘rab IIV matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosovga bog‘landi.

G‘iyosov bu borada IIV munosabati tez orada vazirlik rasmiy saytida jamoatchilikka e’lon qilinishi , tergov ishiga oid boshqa tafsilotlarni Tergov departamenti matbuotga oshkor qilolmasligini bildirdi.





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин. Главное за день





Москва

Российские компании придерживаются собственного подхода в ESG


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Мэр Москвы поздравил медиков с профессиональным праздником



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Моргенштерн

Барецкий пригласил Моргенштерна выступить в России




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Военно-спортивный фестиваль Росгвардии открылся в «Лужниках»

Рок-версия гимна Белогорска прозвучала на масштабном рок-н-мобе

Школьник из Ставрополя пробился в финал международного турнира по шахматам


Кирилл Скачков

Скачков и Тайлакова выиграли соревнования по настольному теннису на Играх БРИКС



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Стало известно, какие виды транспорта выпускаются в ОЭЗ "Технополис Москва"



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России