Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Май
2023

Nukus voqealarini o‘rganayotgan qozoq faoli Toshkent uchog‘iga qo‘yilmadi

0

Qoraqalpog‘istonda o‘tgan yil yozida sodir bo‘lgan qonli voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazayotgan qozog‘istonlik huquq faoli G‘alim Ageleuov 22-may kuni Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilishi kerak bo‘lgan uchoqqa chiqarilmadi. Bu ma’lumotni Ageleuovning o‘zi Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga tasdiqlagan.

Huquq faoli shu paytgacha Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida ikki marta bo‘lgani, bu safar Bishkekda ishlari bilan yurgan Ageleuov Uzbekistan Airways aviashirkatining dushanba kungi reysiga qo‘yilmaganini ma’lum qilgan.

“Biz voqea sodir bo‘lgan, odamlar o‘qqa tutilgan barcha joylarga borib, hujjatlashtirganmiz. Halok bo‘lganlarning yaqinlaridan hamda qiynoqlar bo‘yicha intervyu olganmiz, unikal ma’lumotlar to‘plaganmiz. Ikki marta bir haftadan borib, ishlab kelganmiz”, degan qozog‘istonlik huquq faoli.

G‘alim Ageleuov bu gal Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan mahkamaga yo‘l olgani, biroq Bishkekdagi “Manas” aeroportida unga huquq faolini O‘zbekistonga kiritmaslikka oid Toshkent aeroporti qarori borligi to‘g‘risida qog‘oz ko‘rsatilganini aytgan.

Ageleuov Nukus voqealari bo‘yicha Freedom for Eurasia tashkilotining mustaqil surishtiruv loyihasida ishtirok etmoqda.

Uzbekistan Airways aviashirkati rasmiylari va O‘zbekiston rasmiylari bu xabarga hali munosabat bildirganlaricha yo‘q.

Joriy yilning 5-may kuni Toshkentda Nukus voqealarida ayblangan 16 nafar sudlanuvchining apellyatsiya mahkamasi boshlangan.

Yanvar oyi oxirida Buxoro viloyati sudida o‘tgan yilning 1-2- iyul kuni Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarda ayblangan 22 kishiga nisbatan hukm e’lon qilingan.

Hukmga muvofiq, asosiy ayblanuvchi sifatida ko‘rilayotgan Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga qamalgan, yana 17 kishi 3 yildan 8,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan, Lolagul Qallixanova doxil to‘rt kishi esa sud zalidan ozod qilingan edi.

Avvalroq Dauletmurat Tajimuratov Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi binosida bo‘lib o‘tgan tergov jarayonida qiynoqqa solinganini aytgan. 6-may kuni Zangiota tumanidagi 1-son tergov hibsxonasida Tajimuratov bilan uchrashgan ombudsman vakillari uning qiynoqlarga oid iddaosi bo‘yicha Bosh prokuraturaga nazorat xati kiritgan.

O‘zbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ham 16-may kungi yig‘ilish yakuniga ko‘ra qiynoq iddaolari yuzasidan ichki ekspertiza o‘tkazish uchun Bosh prokuraturaga xat yuborgan.

Nukus voqealari bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan yana 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan ikkinchi sud hukmi shu yilning 17- mart kuni e’lon qilingan. O‘shanda sud sudlanuvchilardan 28 nafariga 5 yildan 11 yilgacha qamoq jazosi bergani, 11 nafari esa shartli ravishda sud zalidan ozod qilingani ochiqlangan.

2022-yilning 1-2- iyulida O‘zbekiston konstitutsiyasining yangi tahririda Qoraqalpog‘iston respublikasi suveren maqomining bekor qilinishiga qarshi Nukusda boshlanib ketgan noroziliklar chog‘ida rasmiylarga ko‘ra, 21 kishi halok bo‘lgan, huquq-tartibot idoralari xodimlari doxil 243 kishi yaralangan. Namoyishlar kuch bilan bostirilgan, biroq o‘zbek rasmiylari harbiylarning namoyishchilarga qarata o‘q uzganini rad etgan.

Avvalroq AQSH, Yevropa Ittifoqi, BMT va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari o‘zbek rasmiylarini Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan ochiq, har tomonlama va shaffof tergov o‘tkazishga, tinch namoyishchilarga qarshi haddan ziyod kuch qo‘llanilganiga oid iddaolarni tekshirishga chaqirgan. Ammo Nukus voqealari bo‘yicha shu kungacha o‘tkazilgan sudlarda ayblanuvchilar orasida namoyish ishtirokchilariga qarshi noqonuniy kuch qo‘llaganlikda gumonlangan xavfsizlik kuchlari xodimlari ko‘ringan emas.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Около обновленных поликлиник создано более 600 зон отдыха





Москва

Тысячи активистов разгромили офис Socar в Стамбуле, обвинив «Азербайджан» в поддержке геноцидальной политики Израиля в Палестине


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Мэр Москвы: Около обновлённых поликлиник создано более 600 зон отдыха



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Фёдор Шаляпин

Петербургский театр имени Шаляпина покажет мюзикл «Вымыслы» по сказкам Пушкина




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

"Евро-Футбол.Ру": "Спартак" не будет подписывать камерунского форварда Абубакара

«Зенит» добыл волевую победу в матче с «Балтикой» и завоевал Кубок России

Один из лидеров «Салавата Юлаева» подписал контракт с ЦСКА: теперь официально


Ролан Гаррос

Прямая трансляция матча Рыбакиной с победительницей четырех "Больших шлемов"



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Блоги

Стоматолог Владимир Лосев: сколько времени нужно носить брекеты



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России