Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Сентябрь
2023

Mirziyoyev diniy islohotlarining kutilmagan oqibati – radikallashuv

0
Mirziyoyev diniy islohotlarining kutilmagan oqibati – radikallashuv

Iyul oyi jaziramasiga qaramay, o‘tgan yili minglab odam Samarqand shahri markazidagi Namozgoh masjidi oldida Tolibon delegatsiyasi bilan ko‘rishish uchun soatlab kutdi. Ko‘pchilik ular bilan suratga tushdi, ba’zilari hatto qo‘llarini o‘pdi*.

Joriy yil boshida ayol yo‘lovchilarga ayol haydovchisi bor taksi xizmati taklif qilib chiqishdi va o‘z xizmatlarini reklama qilish uchun haydovchisi erkak bo‘lgan taksiga chiqqani uchun eri tomonidan kaltaklangan hijobli ayolni ko‘rsatishdi.

Bu manzaralar ko‘pchilik mahalliy kuzatuvchilar uchun yangilik emas, ular o‘zbek jamiyati so‘nggi bir necha yil ichida yanada radikallashganini aytadilar.

“Tolibonning islomga yondashuvi sababli emas, balki adolatga erishgani uchun yaxshi qabul qilinadi, – deydi Quddus xalqaro tadqiqotlar institutining postsovet mamlakatlar bo‘yicha eksperti Aleks Grinberg. – Shunga qaramay, islomiy radikallashuvni ifodalagani uchun, ular bundan ilhomlanadilar."

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri mamlakatni qattiq diktaturadan ochiqroq jamiyatga o‘tkazishga harakat qilmoqda. Uning islohotlari ko‘proq iqtisodiy, ijtimoiy va diniy erkinliklarni ta’minladi.

Ammo uning diniy islohotlari nihoyasiga yetayotgan ko‘rinadi.

Yanvar oyida 21 yoshli yigit 2020-yilda Telegram orqali sinfdoshiga ektremistik diniy qo‘shiq yuborgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Iyun oyida esa bir ayol 2018-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi diniy va’zga “layk” qo‘ygani uchun uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘sha voiz besh vaqt namoz o‘qimaganlarning musulmon ekanligiga dalil yo‘qligini ta’kidlagan. Ayrim kuzatuvchilar buni sobiq prezident Islom Karimov davridagi diniy repressiyalarga qaytish deb atamoqda.

Karimov davri

Karimov dinga nisbatan qattiq tazyiqlari bilan tanilgan bo‘lsa ham, u o‘zbekona o‘zlikning muhim qismi sifatida Islomni qabul qilgan edi. Sobiq prezident hokimiyatga kelganida Qur’on bilan qasamyod qilgan, siyosiy chiqishlarida islomga ishoralar bor va musulmon jamoalariga o‘zlari xohlagancha islom diniga amal qilishlariga ruxsat berilgan edi. Uning siyosati avvaliga Sovet Ittifoqida diniy erkinlikdan mahrum bo‘lgan aholi orasida juda mashhur edi.

“Karimov haqiqiy kommunist edi. Uning chinakam imonli ekaniga hech kim ishonmasdi, – deydi Karnegi jamg‘armasining Yevroosiyo bo‘yicha mutaxassisi Rafael Sattarov. – U Islomdan shunchaki xalq qo‘llovini olish uchun foydalangan."

Biroq, bu yondashuv uzoq davom etmadi. Karimov rejimining go‘daklik davri bo‘lgani kabi, Sovet Ittifoqi qulagandan keyin yangi erkinlikka erishgan islomiy radikal guruhlarning ham o‘z go‘daklik davri bor edi. Ular orasida O‘zbekiston Islomiy Harakatining (O‘IH) o‘tmishdoshi, 10 000 a’zosi bo‘lgan kuchli salafiy islomiy «Adolat» guruhi ham bor edi. 1991-yilda mamlakat mustaqilligi e’lon qilingach, «Adolat» Farg‘ona vodiysidagi Namangan shahrini o‘z nazoratiga olib, shariat qonunlarini joriy etdi.

1991-yili Namanganga tashrifi chog‘ida Karimovni islomiy islohotlarni davom ettirish talabi bilan ko‘chalarga chiqqan minglab namoyishchilar kutib olgan. Olomonni tinchlantirish maqsadida Karimov O‘zbekistonda Islom hukumatini o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqishga rozi bo‘ladi. Ammo aytganini qilmadi, kelasi yili Karimov «Adolat»ni noqonuniy deb e’lon qilib, hudud ustidan nazoratni qayta tikladi. «Adolat»ning ko‘plab a’zolari Tojikistonga qochdi va o‘sha paytda mamlakatni qamrab olgan fuqarolar urushida muxolifat tomonida jang qildi.

Shunga qaramay, Karimov dinning jamiyat hayotidagi ahamiyatini ta’kidlashda davom etdi. 1992-yilda u Makkaga umra ziyoratini amalga oshirdi va safardan maqsad “musulmon dunyosida birdamlikni mustahkamlash” ekanligini aytdi.

Biroq keyingi yillarda Karimov islomga qarshi kurashni kuchaytirib, o‘zbekona o‘zlikda milliylikka ko‘proq urg‘u bera boshladi. Uning nutqlaridan diniy ishoralar kamayib bordi, mashhur din arboblarini davlat lavozimlaridan chetlashtirdi va mamlakat diniy apparati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatdi.

Yashirin faoliyatga o‘tgan islomiy muxolifat shafqatsiz taktikalarni qo‘lladi. 1990-yillar oxirida Farg‘ona vodiysida bir necha militsiya xodimining boshi kesildi. 1999-yilda hukumat binolari oldida Karimov hayotiga suiqasd uyushtirilgani gumon qilingan oltita avtomobil portlab, 16 kishi halok bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsa ham, Karimov aybni islomchilarga yukladi va ularga qarshi ta’qiblar kuchaytirildi.

Karimov islomiy isyonga qarshi kurashayotgan bir paytda uning usullari tobora totalitar bo‘lib bordi. Politsiya soqol yoki niqob kabi arzimas sabablar bilan dindorlarni hibsga ola boshladi. Norasmiy masjidlarda namoz o‘qigan va dinni mustaqil o‘rgangan musulmonlar vahobiy fundamentalistlar deb atalib, qamoqqa tashlandi. Rasmiy masjidlarda juma xutbalari hukumat amaldorlari tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ldi. Bunday qat’iy va yalpi nazorat siyosati Karimovning qolgan prezidentlik davri qanday bo‘lishini belgilab berdi.

Karimovning shafqatsizligi 2005-yilda Andijon qirg‘ini bilan cho‘qqisiga chiqdi, o‘shanda hukumat kuchlari Farg‘ona vodiysidagi Andijon shahrida minglab namoyishchilarga qarata o‘t ochgan va yuzlab odamlar halok bo‘lgan. Hukumat olomon zo‘ravon islomchilar ekanini aytdi, biroq inson huquqlari guruhlari va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular hukumatga norozilik bildirgan "asosan tinch" namoyishchilar edi.

Karimovning isyonga qarshi kurashning yana bir usuli radikallarni eksport qilish edi. Afg‘onistondagi urush paytida O‘zbekiston hukumati ekstremistlarga Tolibonga qo‘shilib jang qilish uchun ketishga ruxsat bergan. "Islomiy davlat" kuchayayotgan paytda Karimov minglab radikal o‘zbeklar Iroq va Suriyaga ketishidan xursand edi. Biroq ularga vataniga qaytishga ruxsat bermadi. "Islomiy davlat" mag‘lubiyatga uchragach, ko‘plab O‘zbekiston fuqarolari Suriyadagi qamoqxonalarda qolib ketdi.

Karimov, shuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar va Eron kabi davlatlarga xavfli islomiy mafkurani tarqatyapti deb ishonmasdi, Saudiya Arabistoni va Pokiston misolida esa, ular O‘IHni moliyalashtiryapti degan gumonda edi. 1992-yilda Karimov vahobiylikni tarqatgani uchun 70 nafar saudiyalik voizni deportatsiya qilgan.

Islohotchi

2016-yilda Shavkat Mirziyoyev Karimov vafotidan so‘ng mamlakatni yangilash rejalari bilan hokimiyatga kelgan edi. U o‘zbeklarga “Yangi O‘zbekiston”da yanada kengroq siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy erkinliklarni va’da qildi.

U valyutani liberallashtirish orqali mamlakatni chet el sarmoyasi uchun ochdi, minglab ish o‘rinlarini yaratdi, xavfsizlik kuchlari yoki korrupsion zo‘ravonlarning jamiyat hayotidagi ta’sirini kamaytirdi. Mirziyoyevni xalqaro hamjamiyat islohotchi deya e’tirof etdi va uning mamlakat ichidagi nufuzi keskin oshdi. Islohotlar tufayli Mirziyoyev Karimovdan uzoqlasha oldi va obro‘sini oshirdi.

Din haqida gap ketganda, Mirziyoyevning siyosati Karimov prezidentlik faoliyatining boshidagi siyosatni eslatardi: Islom o‘zbek o‘zligining muhim qismidir. Ammo uning siyosati quruq gap emasdi; u ehtiyotkorlik bilan va to‘liq bo‘lmasa ham din ustidan qattiq nazoratni bo‘shashtirdi. Uning hukumati musulmonlarni muntazam hibsga olishni tugatdi va diniy faoliyat uchun qamalgan yuzlab mahbuslarni ozod etdi.

Qolaversa, har yili o‘zbekistonliklarning haj ziyoratiga Makkaga borishi sezilarli ko‘paygan. Karimov hukmronligining so‘nggi yili bo‘lgan 2016-yilda 5 mingga yaqin o‘zbekistonlik Saudiya Arabistoniga borgan. 2024-yilda raqam 24 mingdan ortishi kutilmoqda.

Islomni davlatga xavf soluvchi mafkura sifatida ko‘rgan Karimovdan farqli o‘laroq, Mirziyoyev islomni o‘zbek jamiyatini birlashtira oladigan, harakatga keltiruvchi va liberallashtiradigan vosita deb biladi. U islom dinining o‘zbek madaniyatidagi markaziy o‘rni va ijtimoiy axloqni shakllantirishdagi ahamiyatini ko‘p ta’kidlaydi. U so‘nggi yillarda ko‘plab masjidlar qurdi va qo‘shni Qozog‘istonda yirik islom markazi qurishni ham rejalashtirgan.

Mirziyoyev siyosiy jihatdan dindor elektorat orasida islomning piar salohiyatini yaxshi tushunadi. O‘tgan hafta prezidentning Telegram kanaliga bir guruh o‘zbekistonliklarni bepul hajga jo‘natgani haqidagi videoni joylagan edi.

Diniy erkinlikning bu tarzda qayta tiklanishi yangi nufuzlarni – imomlarni o‘rtaga chiqardi.

“Mirziyoyev radikal g‘oyalari uchun Karimov tomonidan qora ro‘yxatga kiritilgan imomlarga rejimni qo‘llab-quvvatlash, referendum va Mirziyoyev hokimiyatini mustahkamlovchi konstitutsiyaga o‘zgartirishlarni targ‘ib etish evaziga radikal islomni yoyishga ruxsat berdi”, - deydi Sattarov.

2018-yilda Toshkent imomlaridan biri Rahmatulo Sayfiddinov jamiyatni erkaklarning ginekologlik qilishidek “sharmandali hodisa”ga chek qo‘yishga chaqirgan edi. Avvalroq u turk seriallarining “o‘zbek genofondi”ga ta’sirini tanqid qilgan edi, chunki uning aytishicha, “jinsiy aloqa paytida erini emas, go‘zal turk aktyorlari haqida o‘ylaydigan ayollardan geylar tug‘iladi”.

Ehtimol, eng hayratlanarlisi, Mirziyoyev Karimov Afg‘oniston, Suriya va Iroqqa ketishga qo‘yib bergan va qayta qabul qilmagan fuqarolarni qabul qildi. 2019- yildan 2021-yilgacha O‘zbekiston hukumati «Mehr-shafqat» operatsiyasi doirasida 530 dan ortiq fuqaroni – ularning aksariyati ayollar va bolalar – qamoqxonalardan qaytardi.

Natijada, bunday islohotlar mamlakat tashkil topganidan beri eng dindor jamiyatni yaratib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. 2017-yilda AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklarni buzganlik uchun “Alohida xavotirga molik davlatlar” ro‘yxatidan chiqardi. 2020-yilda AQSHning xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha maxsus vakili Sem Braunbek mamlakatda diniy erkinlik endi jiddiy poymol qilinmayapti, dedi.

Xorij olqishlariga qaramay, ko‘plab kuzatuvchilar tanqidiy fikrda.

“O‘zbekiston radikallashuvga qarshi kurash va jinoyat sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha eng yomon misollardan biri, – deydi “Ozodlik kurashchisidan jihodchigacha: nodavlat qurolli guruhlarning insoniy resurslari” kitobi muallifi Vera Mironova. U BMTning ISHIDni javobgarlikka tortish bo‘yicha tergov guruhi tahlilchisi hamdir. – ISHIDdagi har bir ayol guruh a’zosi edi. Kimdir harbiy qismlarda xizmat qilgan, kimdir josuslik qilgan, ko‘plari ichki xizmatlarda ishlagan va mutlaqo hamma targ‘ibot, yollash va pul to‘plash bilan shug‘ullangan. [O‘zbekiston] hukumati bu ayollarni tergov qilish, hibsga olish yoki jinoiy javobgarlikka tortish uchun hech qanday chora ko‘rmadi, aksincha, ularga amnistiya qo‘lladi”.

Mirziyoyevning diniy burilishlari tashqi siyosatga ham tegishli. Saudiya Arabistoni, Eron, Turkiya, Qatar kabi davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash orqali O‘zbekistonni musulmon olamiga qo‘shishga harakat qildi. O‘tgan oy O‘zbekiston hukumati Qatar hukumatidan 12 milliard dollar sarmoya olganini ma’lum qilgan edi. O‘tgan yili Mirziyoyev 20 yil ichida Eronga tashrif buyurgan birinchi O‘zbekiston prezidenti bo‘ldi va iyun oyida ikki davlat o‘rtasida turli sohalarda bir qancha hamkorlik shartnomalari imzolandi. Bu mamlakatlar bilan aloqalar mamlakatning dindorlashuviga katta ta’sir ko‘rsatdi.

“O‘zbekistonda islomiy mafkuraning asosiy tarqatuvchilari Turkiya, turk xususiy kompaniyalari, Saudiya Arabistoni va «Tolibon» harakatidir”,- deydi Sattarov.

Islomchilar hukumatning o‘zidan ko‘ra ko‘proq obro‘li.

O‘tgan yili ichki ekstremizmning kuchayishi va ommaviy tartibsizliklar namoyishi bilan bir vaqtda ichki terrorchilik hodisalari sodir bo‘ldi. Natijada hukumat ba’zi diniy islohotlardan voz kechdi.

“Hozirda islomchilar hukumatning o‘ziga qaraganda ancha obro‘li, – deydi Sattarov. – Ularning xavfsizlik kuchlari orasida kuchayib borayotgan tarafdorlari bor. Oxir-oqibat Mirziyoyev juda oshirvorganini angladi”.

O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonda 80 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan norozilik namoyishlari Mirziyoyev ortiqcha va’dalar berib, amalda ko‘p ish qilaolmasligi quyi bo‘g‘inda o‘zgarishlarni istovchilarni paydo qilganiga muhim signal bo‘ldi, deydi Sattarov. Namoyishlar hukumat Qoraqalpog‘istonning yarim avtonom maqomini olib tashlash uchun tuzatishlar kiritishni taklif qilganidan keyin boshlandi. Bu bir necha kun davom etgan ommaviy noroziliklarga olib keldi. Yakunda Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning avvalgi maqomini saqlab qolishga rozi bo‘lib, o‘zbek xalqiga hukumat o‘z fikridan qaytishga majbur bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

"Rejim barqarorligi eng ko‘p repressiv va shafqatsiz bo‘lganda emas, balki u muloyim bo‘lganda yoki o‘zini ochishga yoki isloh qilishga harakat qilganda tahdid ostida qoladi, – deydi Grinberg. – Bu xavfli holat, chunki bostirilgan hamma narsa o‘rtaga chiqadi."

O‘zbekistonda 20 yildan ortiq vaqt davomida rasmiylar ma’qullamagan islomning barcha shakllari qattiq repressiyaga uchradi.

O‘shandan beri O‘zbekiston hukumati radikal imomlar ta’sirini cheklash choralarini ko‘rdi.

Yanvar oyida imom Sayfidinov “kichikroq masjid”ga o‘tkazilgan edi. May oyida Farg‘ona vodiysi imom-xatibi o‘rta maktab bitiruvchilari va o‘quvchi qizlarni o‘g‘il bolalar bilan raqsga tushganini tanqid qilgani uchun lavozimidan chetlatildi.

Umidbaxsh mafkura

Zamonaviy islomchilik adolatsizlik sababini islomdan uzoqlashishda ko‘radi. Ular ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jiddiy adolatsizliklar bor mamlakatlarda bu mafkura gullab-yashnaydi. Oddiy o‘zbekistonliklar mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (oyiga 300 dollar) kamroq maosh olayotgan bo‘lsa ham, lekin korrupsiya elitaning dabdabali turmush tarziga hissa qo‘shayotganini ko‘rsa, adolat masalasining islomiy yechimi mantiqiyroq ko‘rinib qoladi.

"Hukumat butunlay korrupsiyalashgan, qarindosh-urug‘chilik va feodal, – deydi Sattarov. – Islom va islomchilik shu qadar ommalashib ketdi, chunki odamlar hukumat tuzilmalariga ishonmaydi yoki ularga tayanmaydi. Islom ularga umid beradi”.

Jozef Epshteyn,

Tahlilchi, Vashingtondagi Yaqin Sharq haqiqati jamg‘armasi (EMET) ilmiy xodimi.

* O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati 2022-yil 29-iyul kuni Samarqand shahridagi Namozgoh masjidiga yig‘ilganlar Tolibon muxlislari ekanini rad etib chiqqan. Diniy idoraga ko‘ra, shu kuni muftiy Nuriddin Holiqnazarov va boshqa ulamolar tashrifi munosabati bilan jamoat odatdagidan kattaroq bo‘lgan va namozdan so‘ng "muftiy hazratlarining duolarini olish uchun yo‘l yoqasiga qadar to‘p-to‘p bo‘lib, kuzatib borgan".

Tahririyatdan: OzodTarmoq ruknidagi mualliflarning nuqtai nazari tahririyat nuqtai nazarini aks ettirmaydi.





Губернаторы России
Москва

Собянин проверил, как продвигается капремонт детской поликлиники №125





Москва

Мистический Тибет: путеводитель по местам силы от Кажетты Ахметжановой


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин рассказал, как Москва развивает новые цифровые решения по программе КРТ



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Булат Окуджава

Этюд поэтический «А мы с тобой, брат, из пехоты…» к 100-летию со дня рождения Б.Ш. Окуджавы




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Бились лопатами, палками и бейсбольными битами: Мигранты устроили массовую драку в Новой Москве

Азербайджанцев оправдали за убийство спортсмена Евгения Кушнира в Самарской области. Делом заинтересовался глава Следкома РФ А. Бастрыкин

Прощание «Спартака» с Джикией, «Зенит» в гонке за чемпионство. Итоги игрового дня РПЛ


Елена Рыбакина

Рыбакина узнала свое место в новом мировом рейтинге



Новости Крыма на Sevpoisk.ru




Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России