Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Октябрь
2023

“Musulmon olamini endi ishontirib bo‘lmaydi”. Ekspert arab-Isroil diplomatiyasi barbod bo‘lgani haqida

0
“Musulmon olamini endi ishontirib bo‘lmaydi”. Ekspert  arab-Isroil diplomatiyasi barbod bo‘lgani haqida

G‘azo bo‘lgasi hukumati va Isroil muhtamalan bir necha yuz kishi o‘lgan Al-Ahli kasalxonasi portlashida bir-birini ayblamoqda. HAMAS buni SAXALning havodan zarbasi, deya bayonot berdi. Isroil esa, o‘z navbatida, “Islom jihodi” guruhining yahudiy davlati tomon otgan raketasi kasalxonaga tushib portlaganini ta’kidlaydi. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada falastinliklarni qo‘llab-quvvatlab ommaviy namoyishlar o‘tkazilmoqda. Iordaniyada, Eronda, Tunisda, Iroq va Livanda minglab odamlar ko‘chaga chiqishdi. Sharqshunos Ruslan Sulaymonov “Nastoyashcheye vremya” bilan suhbatda mintaqadagi vaziyatga izoh berdi.

– Bi-bi-si sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarni taqqoslab, portlash avtoturargoh hududida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin va kasalxona vayron bo‘lmagan, degan fikrni olg‘a surmoqda. Qator sharhlovchilar ham avtoturargohdagi portlashni HAMASning propaganda yurishi, deb taxmin qilishyapti. U holda ushbu propaganda yurishidan maqsad nima bo‘lishi mumkin, sizningcha?

– Bu propaganda yurishimi, yo‘qmi, bir nima deyishim qiyin. Biz arab dunyosining, hatto yanada kengroq – musulmon olamining biryoqlama reaksiyasini ko‘rib turibmiz. Propaganda edimi yoki yo‘q – endi muhim emas. Har qanday holatda Isroil aybdor bo‘ladi. Yahudiy davlati ushbu fojiaga aloqasi yo‘qligiga rad etib bo‘lmas dalillar keltirgan taqdirda ham musulmon olamini ishontirish endi imkonsiz. Agar bu Isroilni og‘ir ahvolga solish uchun oldindan o‘ylangan provokatsiya bo‘lsa, maqsadlariga erishishdi.

– G‘azo bo‘lgasidagi kasalxona hududida sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng kuzatilayotgan norozilik chiqishlarini qanday baholaysiz?

– Bu rostdan ham ommaviy namoyishlar va Isroil bilan diplomatik aloqalari rivojlanayotgan arab mamlakatlarida yahudiy davlatiga xavf soladi. Bu arab-Isroil yaqinlashuviga, eng avvalo Isroilga nisbatan ritorikasini jadallik bilan o‘zgartirayotgan Bahrayn, BAA singari mamlakatlarga katta muammo tug‘diradi. Urushning ilk kunlari ular o‘zlarini vazmin tutishgan bo‘lsa, kecha tashqi ishlar vazirlari Isroilni ayblab bayonot berishdi, voqea bo‘yicha surishtiruv hali tugamaganiga qarab o‘tirishmadi. Chunki, hali aytganimdek, arab-musulmon olamida “har nima bo‘lsa ham Isroil aybdor” degan o‘zgarmas ishonch mavjud. Shunday ekan, menimcha, bu norozilik hali-beri tugamaydi. Ushbu namoyishlar muayyan o‘yinchilarning mojaroda ishtirok etish yoki etmaslik qaroriga ta’sir etishi tayin. Men avvalo Livandagi “Hizbulloh”ni nazarda tutyapman.

– HAMAS-Isroil mojarosiga aralashish “Hizbulloh”ga nega kerak? Yaqin Sharqda ta’sirini mustahkamlash uchunmi?

– “Hizbulloh” murakkab vaziyatda qolgan. Bilasiz, Livanda so‘nggi yillarda og‘ir siyosiy va iqtisodiy inqiroz davom etyapti. Livanliklar 2006-yilda “Hizbulloh” bilan Isroil o‘rtasida kechgan mudhish urushni yaxshi eslashadi va o‘sha voqealar takrorlanishini hech kim istamaydi. Biroq “Hizbulloh”ning vaziyati qaltis, chunki jamoatchilik bosimi zo‘rayib boryapti, Isroilga nafrat olovlanmoqda. HAMAS liderlari barcha musulmonlarni ko‘chalarga chiqishga va Isroilga qarshi harakat qilishga chaqiryapti. Ushbu bosim “Hizbulloh”ga mojaroga aralashishdan boshqa yo‘l qoldirmasligi mumkin. Lekin u hozircha o‘zini nisbatan bosiq tutyapti, Isroilning chegaraga yaqin kichik hududlarini o‘qqa tutish bilan cheklanib turibdi, eng qizig‘i, “Hizbulloh” lideri Sayid Hasan Nasrullohni falastinliklarni faol qo‘llab-quvvatlamayapsan, deya tanqid qilishmoqda.

– Ommaviy norozilik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? “Hizbulloh”ga bosim haqida gapirdingiz. Mitinglarga chiqayotgan, birlashayotgan odamlarning o‘zlari Isroilga xavf sola oladimi?

– Nazarimda, bu birinchi galda arab rejimlariga xavf soladi. Misr va Iordaniyani nazarda tutyapman, bu mamlakatlarning ko‘pdan beri Isroil bilan diplomatik aloqalari bor. Arab davlatlarida hukumatning Isroil bilan hamkorlik pozitsiyasini umuman xushlamaydilar. Xalq bosimi hukumatlarni Isroil diplomatlarini badarg‘a qilishga majbur etishi mumkin. Shunaqa petitsiyalarga imzo yig‘ish allaqachon boshlangan, ijtimoiy tarmoqlarda arab mamlakatlaridan barcha yahudiylarni, Isroilga qarashli barcha shirkatlarni quvib chiqarishga chaqiriqlar yangramoqda. Mana shular jiddiy oqibat bo‘ladi. Norozilik ko‘lami kengaysa, bosim kuchayaversa, G‘azo bo‘lgasiga zarbalar davom etsa va, agar Isroil erusti amaliyotini boshlasa, Isroilning arab olamidagi mavqei juda ham zaiflashadi.

– “Hizbulloh” 17-oktabrni Isroilga qarshi “g‘azab kuni” deb e’lon qilgan edi. Bu terminning biron ma’nosi bormi? Yoki u faqat norozilik aksiyalariga chiqishni nazarda tutadimi?

– Bu chaqiriqlar ham “Hizbulloh”ga bo‘layotgan bosim natijasi. “Hizbulloh” nimadir qilishi kerak edi, ammo u Isroil bilan chinakamiga urusha olmaydi. Shu bois, loaqal birdamlik belgisi bo‘lsin deb “g‘azab kuni” e’lon qilishdi. Qisqasi, gap bilan cheklanishmoqda.

– Bir tarafdan, G‘arb liderlari Isroilni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘ryapmiz. Boshqa tarafdan, islom olamida Falastinni qo‘llab-quvvatlab ommaviy mitinglar bo‘lyapti. Ikki dunyo – G‘arb bilan arab-musulmon mamlakatlari bir-biridan juda ham uzoqlashib ketmayaptimi?

– Albatta, bu voqealar ularni bir-biridan uzoqlashtiradi. Diplomatiya barbod bo‘ldi, yerga qorishdi. Birinchi navbatda HAMAS jangarilarining etiklari ostida toptaldi. So‘nggi yillarda umumqabul qilingan Falastin va arab diskursida diplomatiya, Isroil bilan yaqinlashuv g‘oyasi ancha rivojlandi, Isroil to‘rt arab mamlakati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Bu yil Saudiya Arabistoni bilan bitimlar imzolanishi kutilayotgandi. Ya’ni, diplomatiyaga eng adekvat, eng maqbul yechim deb qaralayotgandi.

Aksincha, Isroil bilan muzokaralar bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblaydiganlar ham ko‘p edi. Masalan, HAMAS hamisha arab mamlakatlarini Isroil bilan kelishuvga intilayotganlikda ayblaydi, ozodlik uchun kurashayotgan falastinliklarga orqadan pichoq uryapsizlar, deydi.

Kechagina HAMASni so‘kkan, qoralagan arablar va falastinliklarning aksari endi HAMASni qo‘llab-quvvatlamoqda, jangarilarning vahshiyliklariga ham ko‘z yumishyapti. Bugun musulmon olamida HAMASni tanqid qilishga hech kim jur’at qilolmaydi. Bu, tabiiyki, diplomatik jarayonni qiyinlashtiradi. Aslida diplomatiya qolgani ham yo‘q. Misr, Iordaniya, Falastin va Qo‘shma Shtatlar liderlari ishtirokida sammit bo‘lishi kerak edi. Biroq tashkilotchi va mezbon Iordaniya sammit o‘tkazilmasligi haqida qaror qabul qildi, bu ham namoyishkorona harakat. Xullas, ayni paytda arab davlatlari siyosatini HAMAS va uning qarshilik va qurolli kurashga tayanuvchi mafkurasi belgilab bermoqda. Diplomatiyaga o‘rin qolmayapti hisob.

– Netanyaxu HAMASni yo‘q qilishga va’da beryapti, undan keyin nima bo‘larkin? Muhokama qilayotganimiz ikki olamda qanday qabul qilinadi bu, sizningcha?

– Nazariy jihatdan Isroil HAMASni yo‘q qilishga qodir deb o‘ylayman, harbiy ma’noda yo‘q qilish, G‘azo bo‘lgasi ustidan nazorat o‘rnatish – bular bari Isroilning qo‘lidan keladi. Lekin HAMASni HAMAS qilgan jangarilar emas, balki uning mafkurasidir. Bu qarshilik mafkurasi, qurolli kurash mafkurasi, Isroil davlatining yashashga haqqi borligini tan olmaslik mafkurasidir. Ayni ushbu jabhada Isroil g‘alaba qozonishi juda ham qiyin, chunki so‘nggi 16 yilda G‘azo bo‘lgasida Isroilni dushman deb biluvchi butun bir avlod etishib chiqdi.





Губернаторы России
Москва

Собянин назвал крупнейшие инвестпроекты, реализованные в Москве в прошлом году





Москва

Бухалово и Париж: откуда появились необычные и смешные названия населенных пунктов в России


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Акцию «Ночь в музее» посетили порядка 350 тысяч человек



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Сергей Брановицкий

Снять свой Художественный фильм.




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Прощание «Спартака» с Джикией, «Зенит» в гонке за чемпионство. Итоги игрового дня РПЛ

Азербайджанцев оправдали за убийство спортсмена Евгения Кушнира в Самарской области. Делом заинтересовался глава Следкома РФ А. Бастрыкин

"Спартак" обыграл "Рубин" со счетом 3:1


Роджер Федерер

Теннисисты Роджер Федерер и Рафаэль Надаль стали лицами рекламной кампании Louis Vuitton



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

День пчел и пчеловодства: как выбрать хороший мед



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России