Ustav kapitali bo‘yicha minimal talablarni bajarmagan 4 ta bankning operatsiyalari cheklandi
![Ustav kapitali bo‘yicha minimal talablarni bajarmagan 4 ta bankning operatsiyalari cheklandi](https://www.gazeta.uz/media/img/2023/03/BpHRY516802571316548_b.jpg)
Markaziy bank ustav kapitali bo‘yicha minimal talablarni bajarmagani uchun 4 ta bankning operatsiyalariga cheklov kiritdi. Bu banklarga 1-apreldan kreditlar berish va depozitlar qabul qilish taqiqlangan. Regulyator “reputatsion risklar” tufayli ularning nomini oshkor qilmadi.