“Ayollar ketish uchun kuch topishi kerak”. Diyora Usmonova birinchi turmushida kaltaklangani haqida gapirdi
![“Ayollar ketish uchun kuch topishi kerak”. Diyora Usmonova birinchi turmushida kaltaklangani haqida gapirdi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/05/sF64vu17149168708929_b.jpg)
Tadbirkor Diyora Usmonova marhum Bobur Usmonov (Alisher Usmonovning jiyani) bilan birinchi turmushida bo‘lgan oiladagi zo‘ravonlik haqida gapirdi. “Zo‘ravonlik to‘rt yil davom etgan, miya chayqalishi, ko‘plab qonlar va ko‘karishlar paydo bo‘lgandi”, — dedi u.