Sirdaryoda o‘quvchilari sinfda klip tomosha qilgan maktab rahbariyati ishdan olindi
![Sirdaryoda o‘quvchilari sinfda klip tomosha qilgan maktab rahbariyati ishdan olindi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/05/cndDAp17150566696032_b.jpg)
Sardoba tumanidagi 5-maktabda o‘quvchilar Massa`ning “Dumba” klipini tomosha qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Maktab ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtida nazoratsiz qoldirgani uchun sinf rahbari, direktor va uning o‘rinbosari ishdan olinganini bildirdi.