“Sabotaj”. XTV hokimliklardan o‘qituvchilarga zug‘um qilmaslikni so‘radi
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Andijonning Marhamat tumanidagi uzr so‘rash voqeasi ortidan tuman va shahar hokimlariga alohida murojaat yo‘llab, o‘qituvchilar qadr-qimmatini yerga urishga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi. 15 - fevral kuni yozilgan xatda o‘qituvchilarni vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlash, faoliyatiga aralashish, ularni obro‘sizlantirish, kamsitish, zug‘um o‘tkazish kabi bo‘layotgan holatlar “davlat siyosatiga nisbatan ongli ravishda qilinayotgan sabotaj sifatida baholanishi” aytilgan. Читать дальше...