Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Ноябрь
2020

Ishchilari isyon ko‘targan G‘uzordagi shirkat Bangladeshdan yuzlab ishchi olib keldi

0
Ishchilari isyon ko‘targan G‘uzordagi shirkat Bangladeshdan yuzlab ishchi olib keldi

Joriy yilning 8 - noyabr kuni Enter Engineering shirkati maxsus kiralagan layner Bangladeshning Hazrat Shox Jalol aeroportidan havoga ko‘tarilib, Toshkentga 239 nafar bangladeshlik ishchini olib keldi.

Bu haqda yozgan Bangladeshning Daily Star gazetasiga ko‘ra¸ jami uchta charter reys bilan 888 nafar ishchi O‘zbekistonga yetkaziladi.

Bu ishchilar “Uzbekistan GTL” zavodini qurayotgan Enter Engineering shirkatida kelasi haftadan ish boshlaydi.

Ozodlik suhbatlashgan Enter Engineering shirkati ishchisiga ko‘ra¸ Bangladeshdan kelgan ishchilar guruhi G‘uzorga yetib kelgan va COVID-19 ga qarshi bir xaftalik karantinga olingan.

Enter Engineering shirkatining minglab ishchilari joriy yil 21 - oktabrida stixiyali norozilik aksiyasiga chiqqan edi.

Oylik va ovqatning vaqtida berilmaganidan g‘azabga kelgan ishchilarning noroziligi ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan.

Ozodlik suhbatlashgan Enter Engineering ishchisi g‘alayondan keyin yuzlab ishchilar ishdan bo‘shatilgani va 20 dan ziyod ishchi ustidan jinoyat ishi ochilganini aytib¸ “bangladeshlik  ishchilar bizning o‘rnimizni egallamoqda” dedi.

"O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa"

O‘zini Enter Engineering shirkati xodimlar bo‘limi vakili, deb tanishtirgan mulozimning Ozodlikka aytishicha¸Bangladeshdan ishchi keltirilishining bundan 20 kun oldin chiqqan ishchilar noroziligiga aloqasi yo‘q:

“Yil oxirigacha zavod qurilishi tugallanishi kerak. Rejaga ko‘ra¸ uskunalarni montaj qilish uchun Bangladeshdan mutaxassislar olib kelinishi kerak edi. Bular "qora ishchi" emas, balki murakkab texnika uskunalarini o‘rnata oladigan "ustanovshik" mutaxassislar. Ish grafigi bo‘yicha bular zavoddagi texnologik liniyani montaj qiladi. Bularning kelishi o‘zbek ishchilariga ta’sir qilmaydi. Har kimning o‘z ishi bor”.

Mulozimning aytishicha¸ Enter Engineering shirkati o‘tgan yil oxirida ishchi yetkazib beruvchi uchta xalqaro shirkat bilan shartnoma tuzib, G‘uzorga chetdan ishchi keltirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Mulozimga ko‘ra, pandemiya va karantin sabab ishchilar kelishi kechikkan.

Chetga arzon ishchi kuchi eksport qiladigan O‘zbekiston o‘zining yaqin tarixida avtomobil sanoati uchun o‘nlab mutaxassislarni Koreyadan taklif qilgan bo‘lsa ham, mingga yaqin ishchining birvarakayiga chetdan olib kelinishi kuzatilmagan.

"Xumo"ni qurib prezident nazariga tushgan shirkat

O‘zini O‘zbekistondagi sanoat qurilishida yetakchi kompaniya sifatida taqdim etib kelayotgan Enter Engineering¸ rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra¸ 20 mingga yaqin ishchi va mutaxassisga ega.

Ozodlik suhbatlashgan muhandisga ko‘ra, yil oxirigacha qolgan bir yarim oy muddatda zavodni foydalanishga topshirish uchun malakali ishchilar chetdan jalb qilingan.

Zavod mulozimlar orasida “Mirziyoyevning 4 milliard dollarlik loyihasi” deya aytib kelinadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti etib saylanishi bilan imzolagan hujjatlardan biri «Sho‘rtan GKM metan tozalash bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish» investitsion loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarordir.

2016 - yil dekabrida chiqqan qaror asosida Qashqadaryoda tabiiy gazdan sintetik yonilg‘i ishlab chiqaruvchi zavod loyihasi ustida ish boshlandi.

Uzbekistan GTL (gas to liquids yoki suyultirilgan gaz olish) loyihasining prezident qarorida yozilgan dastlabki qiymati 2,6 milliard dollar deya baholangan bo‘lsa¸2020 - yilga kelib, bu narx qariyb 4 milliard dollarga ko‘tarildi.

2012 - yili ta’sis etilgan Enter Engineering gaz konlarida infrastruktura va boshqa inshootlar qurish bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyaga aylandi.

Toshkentdagi “Humo” sport arenasini ham  qurgan Enter Engineering shirkatining qator rahbarlari O‘zbekiston prezidenti tomonidan taqdirlangan edi.

Kompaniya rasmiy saytida uning aksionerlari haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra¸ kompaniya prezidenti va aksiyalarining nazorat paketi egasi Baxtiër Shuhratovich Fozilovdir. Asli samarqandlik 45 yashar Fozilov Toshkent Iqtisodiyot universitetining Xalqaro iqtisodiy aloqalar yo‘nalishini tugatgani ma’lum.

Rossiya matbuotiga ko‘ra¸ Fozilovning 2015 - yil noyabrida Qibrisda ro‘yxatga olingan Altmax Holding Ltd shirkati Surhan Gas Chemical Operating Companyga qarashli aksiyalarning 75 foiziga ham egalik qiladi.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Более трех миллионов человек посетили фестиваль «Москва на волне. Рыбная неделя»





Москва

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин поздравил москвичей с Международным днем защиты детей



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Оззи Осборн

Гизер Батлер рассказал, что Оззи Осборн согласился выступить с Black Sabbath




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Спортсмены из Химок выиграли Первенство Подмосковья по автокроссу

Для пользы тела. «Мой спортивный район» начинает летние тренировки

Дептранс Москвы раскрыл детали инцидента на станции метро "Спортивная"


Ролан Гаррос

Прямая трансляция матча Рыбакиной с победительницей четырех "Больших шлемов"



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Минск

БЕЛТА: Лукашенко и Путин обсудили представительство России на параде в Минске



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России