Ramzan Qodirov Amerika superqahramonlariga urush e’lon qildi
20 - noyabr kuni Chechenistonning avtoritar rahbari Ramzan Qodirov bolalar markazlari va o‘yin maydonchalaridagi Amerika komikslari qahramonlari tasvirlarini Shimoliy Kavkaz respublikasining «haqiqiy qahramonlari» bilan almashtirishni buyurdi. Qodirovning ushbu buyrug‘i e’lon qilinishidan avvalroq u Kurchaloy shahridagi yangi ko‘p qavatli turar-joy majmuasiga tashrif buyurgan edi. U yerda chechen rahbari bolalar markazi devorlariga chizilgan amerikalik komiks va kino qahramonlarini tanqid qildi. Читать дальше...