Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Ноябрь
2020

Britaniya sanksiyasidan 5 oy o‘tib Rossiya ham 25 britaniyalikka sanksiya qo‘lladi

0
Britaniya sanksiyasidan 5 oy o‘tib Rossiya ham 25 britaniyalikka sanksiya qo‘lladi

Buyuk Britaniya inson huquqlari jiddiy buzilishiga mas’ul Rossiyaning 25 fuqarosiga qarshi sanksiya joriy qilganidan keyin besh oy o‘tib, Moskva ham 25 britaniyalikka nisbatan sanksiya qo‘lladi.

Sanksiyalar haqida 21 - noyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. Ammo vazirlik sanksiyaga yo‘liqqan Britaniya fuqarolari ismini keltirmadi. Vazirlikka ko‘ra, bu 25 - shaxsning Rossiyaga kirishi taqiqlangan.

Ayni paytda, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Britaniya hukumati Rossiya rasmiylariga qarshi 6 - iyul kuni e’lon qilgan jazo choralarini «xayoliy va bema’ni bahonalar» asosida qo‘llangan, deb ta’kidladi.

Iyul oyida Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab iyuldagi sanksiyalar «inson huquqlarini jiddiy ravishda buzgan odamlarga» qaratilganini aytgan edi.

Bu shaxslarning Britaniyaga sayohat qilishiga cheklov qo‘yilgan hamda ularga tegishli bo‘lgan mulklar muzlatilgan.

Britaniya qora ro‘yxatiga kiritilganlar orasida qudratli Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin, shuningdek, London rasmiylari auditor Sergey Magnitskiyning o‘limiga aloqador, deb hisoblaydigan sudyalar va prokurorlar bor.

21 - noyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova London sanksiyalagan rossiyaliklar qay asosda tanlanganini ochiqlamagan, deb ta’kidladi.

«Buyuk Britaniya hokimiyatining do‘stona bo‘lmagan harakatlariga javoban va ikki tomonlamalilik tamoyili asosida Rossiya tomoni, Buyuk Britaniyaning Rossiya Federatsiyasiga kirishi taqiqlangan 25 vakiliga qarshi shaxsiy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi», deyiladi Zaxarova bayonotida.

«Londonning harakatlari boshqa davlatning ichki ishlariga aralashish va Rossiya adliya tizimiga bosim o‘tkazishga urinish kabi ko‘rinadi», deya qo‘shimcha qildi Zaxarova.

Rossiya rasmiylarini jami 230 million dollar miqdoridagi soliq firibgarligiga qo‘l urishda ayblagan Magnitskiy 2009 - yilda Rossiya qamog‘ida qazo qilgan edi.

Magnitskiy bilan ishlagan taniqli sarmoyador Bill Brauderning sa’y-harakatlari tufayli Magnitskiy ishiga xalqaro miqyosda katta e’tibor qaratildi.

Brauder o‘n yil davomida G‘arb davlatlarini inson huquqlarining poymol qilinishi yoki jiddiy korrupsiya uchun mas’ul shaxslarga nisbatan sanksiya joriy qilishni ko‘zlovchi global Magnitskiy qonunini qabul qilishga undadi.

AQSh ham Magnitskiyning huquqlari jiddiy buzilgan deb topdi va Rossiyaga qarshi sanksiya joriy qildi.

Rossiya Magnitskiyning o‘ldirilgani haqidagi da’volarni uzoq vaqtdan beri rad etib, uning nomi bilan ataluvchi sanksiyalar qonuniga qarshi kurashib keladi. Rasmiy Moskva, hatto Brauder va uning advokatini qator jinoyatlarda, shu jumladan, firibgarlikda aybladi.

Britaniyaning iyul oyida e’lon qilgan sanksiyalari Rossiya bilan shusiz ham yomon bo‘lgan munosabatlarni yanada sovitdi.

Britaniya Rossiyani o‘z hududida «beqarorlashtirishni» ko‘zlovchi harakatlarga qo‘l urishda, jumladan, 2018 - yilda sobiq josus Sergey Skripal va uning qizini zaharlashda ayblab keladi.

Rossiya esa bu ayblovni keskin rad etib keladi.





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин. Главное за день





Москва

Золотые часы от Министерства обороны за вклад в развитие Кадетского движения России!


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин поддержал команду кандидатов от «Единой России» на выборы в Мосгордуму



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Николай Цискаридзе

Николай Цискаридзе представит в Кремле выпускные концерты Академии Русского балета




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Росгвардия приняла участие в спортивном празднике «Динамо» в Москве

Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"

Сотрудники Росгвардии приняли участие в спортивном празднике МГО «Динамо» в Москве


ATP

Сафиуллин не смог пробиться во второй круг турнира ATP в Штутгарте



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Киев

Почему Зеленский не убедил саудовского принца, кража денег РФ, что готовят против России на саммите НАТО: обзор мировой политики 13 июня



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России