Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Ноябрь
2020

Toshkent o‘rmoni - Bo‘rijar sohilidagi daraxtzor ham “investor”ga sotilgan. Aholi norozi

0
Toshkent o‘rmoni - Bo‘rijar sohilidagi daraxtzor ham “investor”ga sotilgan. Aholi norozi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy mahallasida yashovchi bir guruh aholi poytaxt markazidagi eng so‘lim o‘rmonzorning xususiy investorga kafe qurish uchun berilishiga norozilik bildirmoqda.

Toshkent shahar hokimligi balansida bo‘lgan bu hudud Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanali bo‘yida - marhum prezidentning qizi Gulnora Karimovaga qarashli ekani aytilgan sobiq K.T.Komba tungi klubi yaqinida joylashgan.

23 - noyabr kuni Facebook tarmog‘idagi o‘zbekistonliklar faol bo‘lgan qator guruhlarda  tarqagan videomurojaatlarda norozilar bu yerni olishga "hatto Gulnora Karimova ham botinmagani"ni aytib¸ mazkur loyiha ortida korrupsion kelishuvlar turganini iddao qildi.

Ozodlik bilan suhbatda Yakkasaroy tuman hokimligi rasmiysi bu yerning “xususiy investor” tomonidan 2019 - yili auksionda qonuniy sotib olingani¸ ayni paytda qurilish boshlash uchun mahalla ahli roziligi olinishini bildirdi.

Toshkentdagi kattayu kichik bog‘lar¸ xususan¸Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ hududining asl egasi sir tutiladigan “investor”larga ko‘ngilochar muassasalar qurish uchun sotib yuborilgani poytaxtliklar noroziligiga sabab bo‘lib kelmoqda.

Bo‘rijar yoqasidagi norozilik

23 - noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan norozilik tadbiri shanba¸ 21 -noyabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Tadbirda Toshkent markazida joylashgan Yunus Rajabiy mahallasida yashovchi o‘nlab aholi qo‘llarida o‘z talablari yozilgan plakatlarni ushlagan holda¸ Facebookdagi Uyat.uz kanali muallifi, jurnalist va bloger Abu-Ali Niyozmatovga norozilikka sabab bo‘lgan voqeani tushuntiradi.

Yig‘ilganlarning “Rustam akaga so‘z beraylik” degan luqmasidan so‘ng gap boshlagan mahalla faollaridan biri¸ Toshkentda noyob bo‘lgan o‘rmonzor o‘rnida “bir tadbirkorning kafe va bolalar maydonchasi” qurmoqchi bo‘layotganini aytadi.

 

“Mahalla ahli bilan kelishilmagan holda¸ oldindan ancha ishlarni qilishipti¸ proyektlarni qilishipti. Mahalla oqsoqollari bilan kelishishgan. Niyat yaxshiku, lekin quriladigan joy to‘g‘ri kelmaydi. Bu Toshkentda qolgan kichik o‘rmonzorlardan biri¸ aholi bu yerda aylanib¸ dam oladi. Bizning niyatimiz¸ bu yerda hech nima qurilmasin. Bunaqa qurilish ekologiyaga ta’sir qiladi. Bu joy¸ tabiat qanday yaratgan bo‘lsa¸ shundoqligicha qolsin”¸ - deydi videodagi mahalla yashovchilaridan biri.

Aytilishicha¸ mazkur hududda qurilish qilish uchun mahalla ahli va Yakkasaroy tuman Xalq deputatlari kengashi roziligi olinishi lozimligi holda¸ hozircha aholidan bunday rozilik so‘ralmagan. Ayni paytda¸ videotasvirda faollar qurilishga start berish uchun tayyorgarlik boshlanganini aytib¸ o‘z orqasida turgan maxsus vagonchalarni buning tasdig‘i sifatida ko‘rsatadi.

Yunus Rajabiy mahallasida yashovchi va o‘zini quruvchi-arxitektor deb tanishtirgan yana bir notiq¸ kafe va bolalar maydonchasi qurilishi uchun daraxtlar kesilishi barobarida¸ kafeni yurg‘izish uchun quriladigan infratuzilma yashil zonaga nihoyatda katta ziyon yetkazishini ta’kidlaydi.

“Investor bu joyga pul qilish uchun keladi. Pul qilish kerak bo‘lsa¸ masalan¸ Qo‘yliqqa borsin¸ boshqa qancha zona bor¸ o‘sha joyga borsin! Nima uchun aynan bu joyga kelyapti? Bu hududdagi daraxtlar 50 yil oldin ekilgan. Bu yerda yashil massiv¸ o‘rmon paydo bo‘ldi. Bu park emas¸ Toshkent o‘rmoni bu! Bu karusel qo‘yib¸ ko‘ngil ochadigan¸ bolalar uchun o‘yingoh quradigan joy emas. Bolalar maydonchasi qurishning o‘z normalari bor va buning uchun yarim daraxtzorni kesib tashlash kerak bo‘ladi. Bizga bunaqa qimmatga tushadigan maydonchaning keragi yo‘q!”

To‘planganlar Bo‘rijar bo‘yidagi o‘rmon o‘rnida kafe va o‘yingoh qurilgan taqdirda¸ mahallaning mashinalar parkovkasiga aylanishi¸ o‘z ta’birlaricha, “Shanxay bo‘lishi”ni aytadi.

“Bu joyga Karimov davrida ham ko‘z tikkanlar ko‘p bo‘ldi. Lekin na Karimov¸ na uning qizi¸ u paytda hech kim og‘iz ocha olmasligini bilsa ham¸qo‘lini tekkizmadi. Gulnora pastda eski kafening o‘rnida yangisini qurdi (K.T.Komba nazarda tutilmoqda – tahr.)¸ lekin bu joyga tegishga botinmadi. Hozir esa, qandaydir investor kelib¸ yangi kafe qurmoqchi. Uni hokimiyatdagilar qo‘llab-quvvatlamoqda. Kechirasizku¸ lekin bunaqa rejani shunchaki qo‘llashmaydi. Hokimiyat va mahalla qo‘mitasi nega bu investorni qo‘llayotganini Korrupsiyaga qarshi qo‘mita yaxshilab o‘rganib chiqishi kerak”¸ - deydi qurilishga qarshilar nomidan gapirgan Yunus Rajabiy mahallasi faoli.

Toshkentdagi noyob o‘rmonzorga ko‘ngilochar muassasa qurish rejasiga qarshilar videomurojaatida¸ nafaqat bu hudud¸ balki poytaxtdagi barcha yashil zonalarda qurilish qilishni mutlaq taqiqlashni ham talab qiladi.

Mas’ullar javobi: Qurilish hali boshlanmadi!

Ozodlik 23 - noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqab¸ Toshkentdagi daraxtzor va bog‘larning sirli investorlarga qurilish uchun sotilayotganiga qarshi e’tirozlarni yanada kuchaytirgan bu voqeaga izoh so‘rab,  Yakkasaroy tuman hokimligiga murojaat qildi.

Hokimlik matbuot kotibi “o‘zining juda bandligini aytib”¸ Bo‘rijar sohilida kafe qurish rejasiga nisbatan noroziliklarga izoh bermadi.

Hokimlikning shaxsini ochiqlamagan mas’uli¸ bu norozilikni “podadan oldin chang chiqarish” urinishi deya baholadi.

“Bu yer Toshkent shahar hokimligi balansida. O‘tgan yil uni Congress Hall degan MChJ auksionda sotib olgan¸ hammayoq qonuniy. Katakomba yopilganidan keyin bu joy qarovsiz qolgan. Oldiniga bu yerda gostinitsa qurmoqchi bo‘ldi. Mahalla bunga mart oyida qarshi chiqdi. Hokimiyat 5 sotix joyga yengil tipdagi kafe¸ morojnoye sotadigan joy qurib¸ atrofini obodonlashtirishga ruxsat berdi. Mahalla roziligi olinsin¸ deyildi. Mahalla oqsoqollari bizda nuroniylar va bolalar dam oladigan joy yo‘q¸ shuni qurib bersin, deyishdi. Investor bunga ko‘ndi. Lekin bir guruh norozilar chiqib¸ blogerlarni chaqirib¸ shunaqa qilyapti”¸ - dedi Yakkasaroy tuman hokimligining Ozodlik gaplashgan mulozimi.

Yunus Rajabiy mahalla qo‘mitasi rasmiylaridan biri Ozodlikka qurilish loyihasi ishlab chiqilgani va u muhokamaga taqdim qilinganini bildirdi.

“Bu yer shahar hokimining zahirasida. Nima qaror chiqarsa¸ ular chiqargan¸ ya’ni bu joyni xususiy investorga bervorgan. Mahalla rahbarlari tadbirkorni qo‘llashga qaror qildi¸ lekin bir guruh aholi unga qarshi. Mahallada yuzta kam 7000 aholi yashaydi¸ hammaning fikri bir xilmas. Hozircha bu qurilish boshlangani yo‘q. Faqat ikkita konteyner turibdi. Bu ham baydarkachilarning vagonchasi. Qurilish faqat mahalla rozilik bersagina boshlanadi¸ hokimiyat mahalla kengashi qarori asosida qaror chiqaradi. Hozircha bunaqa qaror yo‘q”¸ - dedi Yunus Rajabiy mahallasi yetakchilaridan biri.

Bo‘rijar sohilidagi eng so‘lim joyni Toshkent shahar hokimligi zahirasidan qurilish uchun sotib olgan Congress Hall MChJsi¸ Ozodlik ko‘rgan rasmiy registratsiya hujjatlariga ko‘ra¸ 2019 - yil 29 - yanvar kuni qaydga olingan. Ustav jamg‘armasi 10 millliard so‘mga yaqin ekani yozilgan rasmiy hujjatdan¸ MChJning umumiy ovqatlanish sohasi emas¸ balki “boshqa toifalarga kiritilmagan quruqlikdagi yo‘lovchi tashishning boshqa turlari” bilan shug‘ullanishi ko‘rsatilgan.

Bo‘rijar bo‘yidagi bog‘ yerining bu MChJ tomonidan qachon¸ qanchaga¸ qaysi asosda sotib yuborilganiga oid ochiq manbalarda ma’lumot yo‘q. Ayni paytda bu shirkatning hozirgacha qanday loyihalarni amalga oshirgani ham jamoatchilikka ma’lum emas.

Registratsiya hujjatida MChJ rahbariniki,  deb yozilgan telefon raqamiga 23 - noyabr kuni hech kim javob bermagani bois Ozodlik Congress Hall egalaridan Yunus Rajabiy mahallasi faollari e’tirozlariga javob ololmadi.

Toshkentdagi eng markaziy va tarixiy bog‘lar 50 yilga sotib yuborilmoqda

Bo‘rijar kanali bo‘yidagi kamida 50 yillik daraxtzorning Toshkent shahar hokimligi¸ ya’ni poytaxtliklar ixtiyoridan chiqarilib¸ xususiy tadbirkorga berilishi O‘zbekiston poytaxtidagi milliy bog‘lar yeriga daxl qilishning birinchi misoli emas.

O‘zbekistonliklar orasida “Komsomol ko‘li” nomi bilan tanilgan ko‘l joylashgan Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ 2017 - yili “Stargate Systems” shirkatiga o‘zbekcha Disneyland qurish uchun sotib yuborildi.

Jurnalistik surishtiruv davomida “Stargate Systems” shirkatining Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga qarashli ekani aniqlandi.

2019 - yil yozida salkam 14 gektar maydonni egallagan G‘afur G‘ulom bog‘i ham Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan “BMP Smart Decision Private Limited” shirkatiga berildi.

“Xorijiy investor” deb taqdim etilgan Singapur shirkati egasi¸ Ozodlik o‘tkazgan surishtiruv davomida asli o‘zbekistonlik Sherzod Halimov ismli o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi.

Shuningdek¸ Toshkent shahar hokimi qarori bilan Hamid Olimjon metro bekati yonidagi Onalar va bolalar parki yo‘q qilinib¸ uning o‘rnida 20 qavatli bank binosi quriladigan bo‘ldi.

Jamoatchilik mulki sanalgan bog‘larning sotilishi “lyubaya biznes xorosha” degan gapi bilan tanilgan tadbirkor¸ O‘zbekistondagi eng yirik Akfa/Artel holdingi egasi Jahongir Ortiqxo‘jayev Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahriga hokim etib tayinlanganidan so‘ng boshlangan jarayondir.

Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga doir qator xalqaro surishtiruvlar markazida bo‘lgan Ortiqxo‘jayev hozirga qadar bu surishtiruvlarda ko‘tarilgan savollarni javobsiz qoldirib keladi.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Московский городской транспорт на 100 процентов отечественный





Москва

«Солнечная Азбука» в особом семейном центре «Семь-Я»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Москва — мировой лидер по динамике развития транспортной инфраструктуры



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

The Beatles

«Жуки» возвращаются: про группу The Beatles снимут байопик




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Академия Плющенко требует почти два миллиона со сбежавшей от них юной спортсменки

«Столото» подписал соглашение в развитие стратегической поддержки комплекса ГТО и многоборья ГТО

Поражения Шубенкова и Савлукова, осечка Кнороз и двойной триумф Макаренко: чем запомнился «Мемориал Знаменских»


Андрей Ольховский

Экс-теннисист Ольховский: Рублев не успел набрать форму на "Ролан Гаррос"



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Game News

Мафия-НН: Все в сборе, правила с тревогой выслушаны, роли прочитаны, и сразу же в бой!



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России