Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Ноябрь
2020

OzodTarmoq: Xalqning elektr energiyasiz qolishi – dunyodan uzilish, demak!

0

O‘zbekistonda noyabr oyining oxirgi 10 kunligida havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan aholining gaz va elektr muammosi yana qaytdi. O‘tgan yillar, xususan, Karimov boshqaruvi davridagi vaziyat bilan o‘rtadagi yagona farq, bu - matbuot, jurnalistlar va blogerlarning aholini qiynab kelayotgan gaz va eektr muammosini ko‘tarib chiqayotganidir. Quyida yozuvchi Ulug‘bek Hamdamning Feysbuk sahifasida joriy yil 22 - noyabr kuni e’lon qilgan mulohazalari. Matn tahrirsiz va qisqartirishsiz berilmoqda. 

GAZSIZ VA CHIROQSIZ

Ertalab viloyatga – buvimga (onamga)  sim qoqib, hol-ahvollarini so‘rayotgandim, aloqa “piq” etib uzilib qoldi. Qayta qo‘ng‘iroq qildim: operator bog‘lanib bo‘lmasligini ma’lum qildi. Yana qildim – yana o‘sha javob. 

Kechga yaqin buvimning o‘zi telefon qilib qoldi.

“Chiroq o‘chib, mana endi keldi. O‘zing tinchmisan, bolam, sovuqlar qiynamayaptimi?..”

“Biz yaxshimiz buvijon, xavotir olmanglar! Sizlar yaxshimisizlar?!.

Nima, chiroq yana o‘chyaptimi?”

“Ha, bir necha kundan beri tinmay o‘chadi, o‘chsa, yarim kunlab yonmaydi. Kechalariyam uzoq  vaqt bo‘lmayapti...”

Saksonni qoralab qolgan otam va onam o‘tirgan uylarini goh o‘tinu ko‘mir, goh elektr bilan isitib o‘tirishadi. Gaz-ku chorak asrdan oshdiyamki, yo‘q. Elektr gazdan ham muhim. Uy telefonlari ham elektrga bog‘langan. Bir umi? Butun boshli hayot elektrga ulangan-ku. Butun boshli hayot!.. 

Buvim bilan xayrlashib bo‘lganimdan keyin ko‘nglim g‘ash tortdi.

Respublikaning deyarli barcha joylarida hol ushmundoq – ko‘rib turibmiz, o‘qib turibmiz!

Meni xayol olib qochdi.

Xayolimda kim bilandir bahslasha ketdim:

“Nima bo‘pti chiroq bo‘lmasa, shunga ham ota go‘ri – qozixonami, ana Amir Temur shamning yorug‘ida yarim dunyoni zabt etgan” deyishingiz mumkin siz. Lekin men aytamanki, endi shamning yorug‘ida dunyoni olish u yoqda tursin, Temur bobodan qolgan bir parcha yerni saqlab qolish ham mushkul bo‘lib qoladi. Qolaversa, dunyoni so‘rab turganlar bugun – boshqalar. Ana o‘shalardan saqlanish uchun ham kerak chiroq, gaz, imkoniyat! (Amir Temurga kelsak, saroyida sham yongani bilan kallasida, miyasining ichida naq quyosh porlagan uning, aql quyoshi, tafakkur quyoshi!..) Aslida, bugun dunyo siyosatdonlari o‘zlariga kelib, o‘zgalarning yerlarini bosib, bo‘lib olishlarga chek qo‘yishlari, bir tutamgina umrlarini ezgulikka, totuvlikka, hamkorlikka bag‘ishlab yashab o‘tishlari – eng maqbul yo‘l ekanini tushunib etsalardi. Ular tushunib etsa, qolganlarning ergashishlari birmuncha oson kechardi. Zero, hayot degan ne’mat qarshisida dunyoning boshqa ne’matlari – u tuproq bo‘ladimi, zarmi, zo‘rmi, –  barcha-barchasi keyinda turadi! 

Shunday qilib, XXI asrda millatni gazsiz va chiroqsiz qoldirish – jinoyat, kechirib bo‘lmas jinoyat!

Bunga yengil-yelpi qarab bo‘lmaydi. “Ha endi, qish uch oyda o‘tadi-ketadi, iqtisod qilganimiz qoladi”, deb qarayotgan bo‘lsangiz, ana o‘sha jinoyatga qo‘l urgan bo‘lasiz. 

Buning ortida juda ayanchli qismat kutib turibdi. Xalqning qismati, davlatning qismati – siz bilan bizning, barchamizning qismatimiz!

Ochiqlashga harakat qilaman: bugungi globallashuv, har tomonlama integratsiyalashuv davrida xalqning elektr energiyasiz qolishi – dunyodan uzilish, demak! Dunyodan uzilish esa, qashshoqlik va johillik, demak. Qashshoqlik va johillik esa, yana fohishalik, yana mardikorlik, yana yollanma ishchilik, demak! Bu esa, tanazzul, demak! Millat tanazzuli!.. Davlat tanazzuli!..

Ana shunaqa kelajak kutyapti bizni agar chiroqsiz tong ottirib, kun bottirishda davom qilsak!.. 

Shuning uchun ham siz xalqqa gazi va chirog‘ini berib, erkin ishlab ro‘zg‘or tebratishiga qo‘yib bering-a, ko‘rasiz: uning o‘zi besh-o‘n yilda hammasini eplab oladi. Tirikchiligini tiklaydi, tiklangan tirikchiligi ortidan tirikligi esiga tushadi, inson bo‘lib, millat bo‘lib qad rostlaydi. Bema’ni soliqlar bilan, keraksiz taqiqlaru kurakda turmaydigan jarimalar bilan (to‘siqlar!) uning chopish tezligi (razgoni!) ni hadeb to‘xtatmang! Boshqa hech narsa, hech narsa kerakmas unga! Men shu elning ichida yashayman. U – iste’dodli, mehnatkash el! Uning xalq bo‘lishiga qo‘yib bering! Siz sun’iy to‘siqlar bilan xalq bo‘lib birlashish uchun bog‘lanayotgan iplarni chirt-chirt uzib tashlayapsiz! Iplarning uzilishidan chiqayotgan saslar butun dunyoning qulog‘ini qomatga keltiryaptiyu nahotki siz, ey shu yurtning amaldorlari, eshitmayotgan bo‘lsangiz!?.. 

Nahotki, yurtdoshlar ko‘p narsa so‘rayotgan bo‘lsa!?..

Nahotki, o‘ladigan-ketadigan dunyoda jindekkina odam bo‘lish, jindekkina mard amaldor bo‘lish shunchalar qiyin bo‘lsa? O‘ladigan-ketadigan dunyoda-ya?!..”

Men ba’zida ana shunday sarkash xayollar surib turaman. Xayollarimni yana ba’zida hozirgidek so‘z bilan suraman. So‘z – kema. Hayot – ummonning qishdagi muzdek suvi sizib kirayotgan kema. Bu – cho‘kish xavfi bor, degani.  Ko‘rinadiki, Yaratganning qutqaruv halqasiga ham ehtiyojim mavjud. Bizning hammamiz ana shunday halqaga bo‘lgan ehtiyoj bilan yashayapmiz, aslida...

Ulug‘bek Hamdam, yozuvchi

Tahririyatdan: OzodTarmoq ruknidagi materiallar mualliflarning shaxsiy nuqtai nazarini aks ettiradi





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин: Центральной детской библиотеке имени Гайдара — 90 лет





Москва

Весь мир чипировали умом Ленина?! Раскрыта загадка Мавзолея В.И. Ленина. Проект "Святой Ленин".


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин: Центральной детской библиотеке имени Гайдара — 90 лет



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Юрий Лоза

Певец Юрий Лоза: «Я свой “Плот” писал год, отбирал по словечку»




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

«Зенит» добыл волевую победу в матче с «Балтикой» и завоевал Кубок России

Неделя легкой атлетики пройдет в Москве

Один из лидеров «Салавата Юлаева» подписал контракт с ЦСКА: теперь официально


Ролан Гаррос

Прямая трансляция матча Рыбакиной с победительницей четырех "Больших шлемов"



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


News Every Day

When Narine asked Gambhir 'can I bring my girlfriend to IPL?'



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России