Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Март
2023

Mirziyoyev turkiyaliklarni prezident saylovida Erdo‘g‘onga ovoz berishga chaqirdi

0
Mirziyoyev turkiyaliklarni prezident saylovida Erdo‘g‘onga ovoz berishga  chaqirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev turkiyalik saylovchilarni ikki oydan keyin bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on nomzodini “to‘liq qo‘llab-quvvatlash”ga chaqirdi.

Bu chaqiriq Mirziyoyevning 16-mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitidagi nutqida yangradi.

Mirziyoyev “zamonaviy va qudratli Turkiyaning bugungi barcha yutuqlarida va erishayotgan ulkan marralarida Erdo‘g‘onning mislsiz xizmatlari borligini" ta’kidlagan.

"Shu bois barcha qardosh xalqlarimiz nomidan turk eliga murojaat etib, saylovlarda muhtaram Rajab Toyyib Erdo‘g‘on nomzodini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz”, degan O‘zbekiston prezidenti.

TDTning navbatdan tashqari Anqara sammitiga raislik qilgan Shavkat Mirziyoyevning bayonoti O‘zbekistonda amaldagi prezident muddatini cho‘zishga qaratilgan konstitutsiya bo‘yicha referendumga tayyorgarliklar borayotgan pallada yangramoqda.

30-aprelda o‘tishi belgilangan referendum Shavkat Mirziyoyevning amaldagi ikki prezidentlik muddatini nollashtirishi va unga 2040-yilga qadar hokimiyatda qolishiga imkon berishi kutiladi.

TDT mamlakatlarida favqulodda vaziyatlarni boshqarishga bag‘ishlangan Anqara sammitidagi nutqida Mirziyoyev, shuningdek, Turkiyada 48,5 ming odam o‘limiga sabab bo‘lgan 6-fevral sanasini Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Qurbonlarni xotirlash va birdamlik kuni, deb e’lon qilishni taklif etgan.

O‘zbekiston prezidenti o‘z mamlakati zilzila markazlaridan biri bo‘lgan va o‘zbek qutqaruvchilari ish olib borgan Hatay viloyatining Ovakent hududidagi tiklanish ishlariga hissa qo‘shish niyatida ekanini aytgan.

“Bundan tashqari, talafot ko‘rgan hududlardan yoshi ulug‘ insonlar va nuroniylarning yurtimizda sog‘lig‘ini tiklashi va dam olishlari, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk ajdodlarimiz qadamjolarini ziyorat qilishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib beramiz”, degan Mirziyoyev kelayotgan yoz mavsumida o‘zbek rasmiylari Turkiyaning Hatay viloyati yoshlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etmoqchiligini qo‘shimcha qilgan.

O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida TDT doirasida Tabiiy ofatlar monitoringi va tahlili markazini tuzish hamda uni Toshkentda joylashtirish bo‘yicha tashabbusini ham ko‘targan.

Garchi Anqaradagi sammit tabiiy ofatlar va insonparvarlik yordami mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, ayrim tahlilchilar bu tadbir asosan, amalda Turkiyani 20 yildan buyon boshqarayotgan prezident Erdo‘g‘onni qo‘llash uchun o‘tkazilganini aytishmoqda.

So‘nggi yillarda turk lirasining keskin qadrsizlanishi va o‘tgan oy yuz bergan halokatli zilzila oqibatlari Erdo‘g‘onning yana bir muddat prezidentlikka saylanish istiqbollariga salbiy ta’sir ko‘rsatgani aytiladi.

Turkiyada navbatdagi prezident saylovi joriy yilning 14-mayiga belgilangan. Mazkur saylovda amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga asosiy raqib muxolifatdagi olti partiya tomonidan ilgari surilgan nomzod – Jumhuriyat xalq partiyasi lideri Kamol Qilichdoro‘g‘li bo‘lishi kutilmoqda.





Губернаторы России
Москва

Собянин: в Москве начался сезон фонтанов





Москва

«Семь-Я» экономического будущего России – в МИЦ «Известия» обсудили перспективы отечественного бизнеса


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин поздравил работников скорой помощи с профессиональным праздником



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Михаил Кутушов

Компания ICDMC стала победителем престижной премии в сфере ЗОЖ – Green Awards 2023/24




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Результаты забега на 5 км на Московском полумарафоне. Аплачкина и Голоктионов установили рекорды соревнований

Московские школьники стали победителями всероссийской олимпиады по математике

Юные керамисты школы №2120 выиграли три Гран-при конкурса «Мир дому твоему!»


WTA

Мирра Андреева установила новый рекорд на турнирах WTA-1000



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


News Every Day

NYU Hospital on Long Island performs miraculous surgery



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России