Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Август
2023

Aholi svetsiz o‘tiribdi - kriptoqirollar mamnun. Qirg‘izistonning mayning fermalari

0
Aholi svetsiz o‘tiribdi -  kriptoqirollar mamnun. Qirg‘izistonning mayning fermalari

Qirg‘iziston hukumati aholini bu qishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan elektr taqchilligiga tayyorlayotgan bir paytda, Kemin tumanidagi yirik mayning ferma har kuni sement zavodlari, oltin konlari va bozorlardan ko‘ra ko‘proq elektr quvvat sarflaydi.

Prezident Sadir Japarov Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati surishtiruvida tilga olingan Chuy viloyati Kemin tumanidagi kriptovalyuta bilan shug‘ullanuvchi ferma faoliyatini oqlashga urinib, elektr podstansiyasi yaqinidagi mayning ferma elektr uchun to‘lovni eng yuqori stavkada to‘layotgani hamda mamlakatda yozda elektr energiyasi to‘kin bo‘lishini ta’kidladi.

Agar energiya taqchilligi yuzaga kelsa, mayning ferma faoliyati «qishda to‘xtatilishi mumkin», deya qo‘shimcha qildi u. Prezident ferma davlat budjetiga 225 million so‘m (2,5 million dollardan ko‘p) soliq va 480 million so‘m (5,5 million dollar) elektr uchun haq to‘laganini bildirdi.

Ammo 31-iyul kuni Qirg‘iziston Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev Ozodlik qirg‘iz surishtiruvidan so‘ng kriptofermaga egalik qiladigan kompaniya davlat elektr tarmog‘i bilan «hamkorlikni tugatgani» va qo‘shni Qozog‘istondan energiya olishga qaror qilganini ma’lum qildi.

«Elektr o‘g‘rilik bo‘lgani yo‘q. Ammo surishtiruvdan so‘ng kompaniya 1-avgustdan davlat bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Endi biz pul yo‘qotyapmiz. Kompaniya elektr energiyasini Qozog‘istondan sotib oladi va biz endi 480 million so‘m o‘rniga 17 million so‘m (195 ming dollar) tranzit haqi olish bilan cheklanamiz”,- deb shikoyat qildi Ibrayev.

 

Yo‘qotilayotgan foyda haqida achinib gapirgan Ibrayev, bir hafta oldin, energiya tejash bo‘yicha milliy kampaniyaga boshchilik qilgan paytda umuman boshqacha gapirgan edi.

Ibrayev 20-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida hukumat o‘tgan kuz-qish mavsumida Rossiya va Turkmanistondan 3,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi sotib olishga majbur bo‘lganini aytib, energetika sohasida uch yil muddatga favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida prezident farmonini qabul qilishni taklif qilgan.

Japarov shundan so‘ng energiya sektorida favqulodda holat e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi.

Umumiy quvvati 1200 megavatt bo‘lgan Qirg‘izistonning To‘qto‘g‘ul gidroelektr stansiyasi mamlakatda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining qariyb uchdan bir qismini ta’minlaydi. Ammo hozirda suv omborida suv sathi so‘nggi uch yildagi eng past darajaga tushib ketgan.

Hukumat taqchillikni import bilan qoplaganiga qaramay, o‘tgan qishda ham Qirg‘izistonning ko‘p hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatildi.

«Kuzda elektr uzatish liniyasi uzaytirildi va ko‘plab transformatorlar o‘rnatildi. Eshitishimcha, kriptoferma bir kunda iste’mol qiladigan elektr energiyasi Keminga uch kunga yetadi», — dedi mahalliy turg‘un Jo‘ldoshbek Dalboyev.

«Ular tokni o‘chirib qo‘yishdi. Men dispetcherga qo‘ng‘iroq qilib, "Nega kriptoferma uchun bizda elektr tokini o‘chiryapsiz? Namoyishga chiqish kerakmi, deb so‘radim. Shundan so‘ng elektr tokini o‘chirmay qo‘yishdi», - deydi u.

Kriptomayning murakkab kriptografik amallarni bajarish orqali kriptovalyuta ishlab topish jarayoni. Mazkur jarayon kechayu kunduz ishlaydigan kompyuterlar orqali bajariladi. Kompyuterning haddan tashqari qizib ketishining oldini olish uchun sovutish tizimlari o‘rnatiladi.

Mayning fermalarining energiya sarfi juda yuqori hamda faoliyatni o‘zi ham katta mablag‘ talab etadi, ayniqsa elektr narxi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda.

Biroq Markaziy Osiyoda energiya narxlarining arzonligi, kriptomaynerlar uchun mintaqani jozibador joyga aylantirgan. Xitoyda ushbu faoliyat taqiqlanganidan so‘ng, maynerlar Markaziy Osiyoga kela boshladi.

Qirg‘izistonda kriptovalyuta xo‘jaliklari va boshqa yirik iste’molchilar uchun elektr energiyasining eng yuqori tarifi –– 5,04 so‘m kVt/soat yoki 0,06 dollardan sal kamroq.

Bu uy xo‘jaliklari uchun tariflardan qariyb besh baravar ko‘p.

Kemindagi Solarcoin dekabr oyida faoliyatini boshlanganidan beri Bitcoin narxi deyarli ikki baravar oshdi va hozirda bir bitkoin 30 0000 dollarga yaqin.

Kriptoqirollar

Sanoat manbalari e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston hozirda dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi yirik kriptomayning davlatga aylandi.

Ba’zan Qozog‘iston energetika rasmiylari kriptovalyuta faoliyatining oshib borayotgani energiya tanqisligi eng ko‘p uchraydigan mamlakat janubiga ta’siridan nolishadi.

Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati kriptovalyuta fermalarida ko‘plab reydlar o‘tkazgan. Shunga qaramay, Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati tomonidan olib borilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, Solarcoin ishida hozirgi energetika mansabdorlari ishtirokida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lishi mumkin.

Ozodlik muxbirlari Tatyana Martinova ismli ayol Solarcoin asoschilaridan biri sifatida qayd etilganligini aniqladi. Martinova o‘tmishda sobiq deputat Farxat Iminov tomonidan asos solingan boshqa kompaniya - Ai Element direktori bo‘lib ishlagan.

Hukumat portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Iminov yanvar oyida Solarcoin nomidan Kemindagi mahalliy soliq xizmatiga 300 dollar yer solig‘i va 50 dollardan sal ko‘proq noturar joy soliqlarini to‘lagan.

Iminov 2022-yil noyabr oyida Qirg‘izistondagi deyarli barcha elektr energiyasi ishlab chiqarishni nazorat qiluvchi asosiy davlat shirkati bo‘lmish «Elektr stansiyalari» OAJ direktorlar kengashiga saylangan.

Martinova yana bir kompaniya - Metrum KG asoschisi sifatida ham qayd etilgan. Metrum KG yana bir energetika sohasi amaldori bo‘lgan sobiq deputat Jirgalbek Turusqulovga ham borib taqaladi. Iminov «Elektr stansiyalari» OAJ vakili bo‘lsa, Turusqulov to‘liq nomi Qirg‘iziston milliy elektr tarmog‘i (NESK) bo‘lgan davlat tarmog‘ining boshqaruv kengashi a’zosi bo‘lib ishlaydi.

 

Turusqulov Ozodlik radiosi bilan telefon orqali suhbatda Martinovani umrida bir marta ko‘rgani va uni tanimasligini aytdi.

Martinova va Iminov bilan bog‘lanishning esa imkoni bo‘lmadi. Solarcoin direktori sifatida ko‘rsatilgan Aysana Ismoilova Ozodlikka telefon orqali izoh berishga rozi bo‘ldi, biroq keyin buning imkoni bo‘lmadi.

Qirg‘iziston suvdan olinadigan energetikaga qaram. 2023-yilning qurg‘oqchil kelishi esa quyi oqimdagi qo‘shnilar Qozog‘iston va O‘zbekistonni suv bilan ta’minlash majburiyatlari bilan birga, Qirg‘iziston elektr tarmog‘i uchun muammo tug‘dirishi mumkin.

Shu yil boshida Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Baxit To‘raboyev Qirg‘iziston isitish mavsumiga To‘qto‘g‘ul suv omborida taxminan 12,4 milliard kub metr suv bilan kirishini taxmin qilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1 milliard kubga kam degani.

Qish mavsumida energiyaga talab oshgani sayin ko‘proq suv kerak bo‘ladi, kuzning boshida esa suv omboriga oqim keskin kamayadi.

Qirg‘izistonni uzluksiz energiya bilan ta’minlash uchun qishda To‘qto‘g‘ul GESida 6-7 milliard kub metr suv bo‘lishi kerak.

Ozodlik radiosi surishtiruvidan so‘ng Japarov o‘zidan oldingi prezidentlar singari yaqin kelajakda yangi GESlar ishga tushirilishi natijasida Qirg‘iziston «elektr energiyasini eksport qiluvchi mamlakatga aylanadi» degan va’dalarni takrorladi.

«Solarcoin loyihasi mahalliy energetika sohasiga kelganda shaxsiy manfaatlar davlat manfaatidan ustun qo‘yilganiga bir misol», - deydi Energetika bo‘yicha ekspert Ernest Karibekov.

«Agar men, siz yoki boshqa bir oddiy fuqaro zavod ochish uchun elektr energiyasini so‘rasangiz, tok yo‘q, deb rad etishadi».

«Ammo hokimiyat vakillari o‘zlari uchun ham manfaatli bo‘lgan odamga ruxsat beradi», — deya qo‘shimcha qiladi ekspert.





Губернаторы России
Москва

К 2025 году в "Рудневе" планируется создать свыше 6 тысяч рабочих мест — Собянин





Москва

Азербайджанский мигрант возмутился из-за того, что в Калининграде суд назначил 4,5 года лишения свободы за убийство в ДТП школьницы. Видео


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин рассказал об уникальных составах, которые поедут по БКЛ в эти выходные



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Тимати

Бывшая пассия Тимати рассказала о замершей беременности




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В Росгвардии стартовал чемпионат по боксу "Кубок Победы"

Юные шахматисты Союза армян Чувашии посвятили турнир Году семьи и Дню защиты детей

Кто создает «креативный код» страны?


WTA

Свёнтек прошла в полуфинал турнира WTA-1000 в Риме



Новости Крыма на Sevpoisk.ru




Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России