Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Ноябрь
2023

HRW O‘zbekiston hukumatini BMT Inson huquqlari kengashi tavsiyalarini bajarishga chaqirdi

0
HRW O‘zbekiston hukumatini BMT Inson huquqlari kengashi tavsiyalarini bajarishga chaqirdi

O‘zbekiston hukumati BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Universal davriy sharhi davomida berilgan tavsiyalarni zudlik bilan amalga tatbiq etishi lozim, deb bayonot berdi Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti.

Bu o‘rinda gap inson huquqlari faollari, jurnalistlar, blogerlar va jinsiy ozchilik vakillarining huquqlarini himoya qilishdan tortib o‘tgan yili Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan g‘alayonlarda inson huquqlari buzilishi holatlarini taftish etishga qadar – bir necha o‘nlab tavsiyalar haqida ketmoqda.

Universal davriy sharh (UDSH) BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining maxsus mexanizmi bo‘lib, uning doirasida xalqaro tashkilotga a’zo 193 davlatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat har to‘rt yarim yilda baholanadi.

O‘zbekistonning bu boradagi hisobotlari 2008-yil dekabr, 2013-yil aprel va 2018 yil may oylarida ko‘rib chiqilgan.

8-noyabr kuni BMTning Jenevadagi qarorgohida O‘zbekiston hukumatining to‘rtinchi davriy hisoboti Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov tomonidan taqdim etildi.

Muhokama jarayonida 84 davlat so‘zga chiqdi va jami 244 ta tavsiya berildi.

O‘zbekiston TIVning “Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zolari mamlakatning bolalar va majburiy mehnatga barham berish borasidagi yutuqlarini ijobiy baholagan, “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning ratifikatsiya qilganini olqishlagan.

Human Rights Watch'ga ko‘ra esa, qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlar e’tirof etilgani holda, zikr etilgan yo‘nalishlarda ko‘proq amaliy ishlar qilish kerakligi uqtirilgan.

“O‘zbekistondagi vaziyat muhokamasi jarayonida bildirilgan tavsiyalar, xavotirlar ko‘lami va qamrovi mamlakatda inson huquqlari holatini sezilarli darajada yaxshilash uchun O‘zbekiston ancha ko‘p harakat qilishi kerakligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston ko‘tarilgan masalalar orasidan ayrimlarini tanlash bilan cheklanmay, barcha tavsiyalarni istisnosiz amalga tatbiq etishi muhimdir”, deydi Human Rights Watch'ning Markaziy Osiyo bo‘yicha eksperti Mira Rittman.

Bir qator davlatlar O‘zbekiston hukumatidan Qoraqalpog‘istonda 2022-yil iyul oyida ro‘y bergan ommaviy norozilik namoyishlari payti sodir etilgan inson huquqlari buzilishi jinoyatlari uchun aybdorlarni jazolashni talab qilgan.

Norvegiya, Kanada va Chexiya bu borada mustaqil komissiya tashkil etish lozimligini uqtirgan. Avvalroq AQSH, Buyuk Britaniya va YI mamlakatlari ayni shunday talab bilan chiqqan edi.

O‘nlab davlatlar O‘zbekistonda nohukumat tashkilotlar faoliyati uchun shart-sharoitni yaxshilash, jumladan, fuqarolik jamiyati guruhlarini ro‘yxatga olish jarayonidagi sansalorlikka barham berish kerak deb hisoblaydi.

Universal davriy sharh muhokama chog‘ida yana o‘nlab davlatlar O‘zbekistonda jinsiy ozchilik – LGBT vakillariga (lesbiyan, gey, biseksual va transgenderlar) nisbatan toqatsizlik muammosiga e’tibor qaratgan.

O‘zbekistonda LGBT vakillariga qarshi qo‘llanadigan va muttasil tanqid qilib kelinayotgan huquqiy asos – Jinoyat kodeksining 120-moddasidir: “Besoqolbozlik, ya’ni erkakning erkak bilan zo‘rlik ishlatmasdan jinsiy ehtiyojini qondirishi – bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Xalqaro tashkilotlarga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi ikki-uch yil ichida hukumat faoliyatiga nisbatan tanqidiy pozitsiyada bo‘lgan jurnalist va blogerlarni ta’qib qilish, qamash holatlari ko‘paygan.

BMT kengashidagi muhokamalarda qatnashgan 14 davlat ham O‘zbekistonda OAV erkinligi holatini xavotirli deb baholab, hukumat oldiga jurnalist va blogerlarning xavfsiz faoliyatini ta’minlash shartini qo‘ygan. Shuningdek, qamoqxonalardagi barcha jurnalist, bloger va faollarni zudlik bilan ozod etish talabi yangragan.

Hisobot muhokamasi davomida O‘zbekiston hukumatiga qiynoqlarga oid murojaatlarni haqqoniy tekshirish va aybdorlarni jazoga tortish majburiyati yana bir karra eslatilgan.

Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zolari rasmiy Toshkentga BMTning Qiynoqlar hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiyasi Fakultativ protokolini tasdiqlashni tavsiya qilgan.





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин рассказал о развитии района Зябликово





Москва

РОССИЯ И КИТАЙ: В МИРЕ ВОЗМОЖНА ГЕГЕМОНИЯ ЛИШЬ ИНТЕРЕСА НАРОДА, ЗАКОНА, ИСТИНЫ И СПРАВЕДЛИВОСТИ.


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин рассказал о развитии района Зябликово



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Булат Окуджава

Шоумен Ургант уехал в Грузию после отмены выступления на вечере барда Окуджавы




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Юные шахматисты Союза армян Чувашии посвятили турнир Году семьи и Дню защиты детей

В Росгвардии стартовал чемпионат по боксу "Кубок Победы"

Кто создает «креативный код» страны?


ATP

Стало известно, при каком условии Медведев может опуститься на 5-е место рейтинга ATP



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Без весомых проблем. Легко ли жить, если весишь 200 с лишним килограммов



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России