MB valyuta savdosi ma’lumotlarini cheklashni va zaxiralar hisoboti e’lon qilishni kechiktira boshladi
Markaziy bank 2023-yil 11 oyi davomida 11,4 mlrd dollarga yetgan valyutani sotib olish va sotish o‘rtasidagi farq oshib borayotgan bir paytda valyuta bozoridagi savdolar haqidagi ma’lumotlarni qisman yashirishni boshladi. Regulyator oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni ham kechiktirmoqda.